Jahon | 10:33 / 03.01.2024
6123
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiya dengizda minalarni aniqlash kemalarining Ukrainaga borishiga ruxsat bermayapti

Montryo konvensiyasiga muvofiq, harbiy kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan o‘tishi bo‘yicha yakuniy qaror Turkiya tomonidan qabul qilinadi.

Foto: Andrew Milligan/PA Wire/empics/picture alliance

Turkiya tufayli Ukraina Buyuk Britaniya tomonidan unga berilgan ikkita minalarni aniqlash kemasini qabul qila olmayapti. Anqara ushbu kemalarga o‘zining hududiy suvlari orqali Qora dengizga o‘tishga ruxsat bermaydi, deb xabar qildi Turkiya prezidenti matbuot xizmati 2 yanvar, seshanba kuni. 

Aks holda Turkiyaga tegishli Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan urush vaqtida kemalarning o‘tishini tartibga soluvchi xalqaro Montryo shartnomasi buziladi, deyiladi bayonotda.

Ukraina uchun Britaniya minalarni aniqlash kemalari

2023 yil 11 dekabrda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps Londonda Qirollik harbiy-dengiz flotidan Ukraina HDKga ikkita Sandown mina aniqlash kemasining berilishini e’lon qildi. Ushbu akt Ukrainaga dengiz salohiyatini mustahkamlashga yordam berish uchun yaratilgan Buyuk Britaniya va Norvegiya boshchiligidagi «Dengiz salohiyati bo‘yicha koalitsiya»ning boshlanishini bildiradi.

«Ukraina iqtisodiyotiga Rossiyaning Qora dengiz blokadasi ta’sir qilishda davom etmoqda, u mamlakatning dengiz orqali muhim eksport tovarlarini tashish imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirdi. Ukraina Qurolli kuchlarining dengiz salohiyatini mustahkamlash, xususan, Rossiya minalari tahdidiga qarshi turish Ukrainaning dengiz eksportini tiklashga yordam beradi», deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya hukumati.

London 11 dekabr kuni Kiyevga topshirilishini e’lon qilgan Sandown sinfidagi mina aniqlash kemalari Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan bunday turdagi birinchi kemalar emas. 2023 yil iyul oyida Britaniya HDK xizmatidan chiqarilgan HMS Grimsby (M108) va HMS Shoreham (M112) mina aniqlash kemalari ham UQKga o‘tkazildi. Ularga «Cherkassi» va «Chernigov» ukraincha nomlar berildi. 

Harbiy kemalarning Turkiya bo‘g‘ozlaridan o‘tishi

2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlaganidan so‘ng, Anqara Montryo konvensiyasiga muvofiq Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarini har ikki davlat harbiy kemalari uchun yopib qo‘ydi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Turkiya hukumati mamlakat uchun mojaroga kirishish xavfi borligini ko‘rsa, harbiy kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan o‘tishini taqiqlash huquqiga ega.

Mavzuga oid