08:56 / 26.01.2024
9247

Polsha O‘zbekistonni mehnat bozoriga kirish osonlashtirilgan davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasi Polshada bo‘lib o‘tgan meva ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy forumida qatnashdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi Polshaning Kelse shahrida bo‘lib o‘tgan meva ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy forumida qatnashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Ochiq bahs-munozaralar davomida polshalik tadbirkorlar mamlakatlar yoshlarining Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarga ko‘p ketayotgani sababli ishchi kuchi yetishmasligini, bu esa tayyor hosilni yig‘ib ololmaslik bilan bog‘liq katta yo‘qotishlarga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

Polsha bog‘bonlari uyushmasi raisi Vitold Pekarnik O‘zbekistondan kelgan ishchilar haqida ijobiy fikr bildirib, ularni obro‘li, intizomli va mehnatkash sifatida tavsifladi. Shu bilan birga, viza olishda to‘siqlar mavjudligi, bu migrantlarning Polshaga kelishini sezilarli darajada qiyinlashtirayotgani qayd etildi.

Borovka plantatsiyalari uyushmasi raisi Bartlomey Milcharek qishloq xo‘jaligi ishlari uchun ming nafar ishchi yetishmasligi ma’lum qildi. U ushbu o‘rinlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, bog‘bonlar uyushmasi tomonidan Polsha parlamentiga O‘zbekistonni mamlakat mehnat bozoriga kirish osonlashtirilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tegishli murojaat yo‘llashi to‘g‘risida kelishib olindi.

Top