22 iyun kuni Rossiyaning Voronej şahridagi qurilişda Özbekistonning 45 nafar fuqarosi uşlangani haqida ma’lum bölgandi. Voronej politsiyasi tarqatgan videoda xavfsizlik xizmati xodimlari migrantlar guruhini saf tortgan holda olib kelayotgani aks etgandi. Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, videoda aks etgan holat 7 iyun kuni Voronej şahridagi «Razvitiye» quriliş hududida yuz bergan. Reyd tadbiri ötkazilgan uşbu quriliş hududida Özbekistonning 45 nafar fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan bölib, ularning 12 nafari norasmiy işlagan.

Norasmiy işlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati ötib ketgani sababli jarima şaklida ma’muriy javobgarlik qöllanib, şu kunning özida vaqtinça yaşaş joyiga ruxsat berilgan va yana bir nafari esa heç qanday hujjatlarsiz işlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.

«Şu örinda, Rossiyada vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan yurtdoşlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qiliş hamda migratsiya qonunçiligini buzmaslik söraladi», deyiladi agentlik xabarida.