O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
Tehron shahrida Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi raisi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘nalishlari kelishib olindi.
Mamlakatning Tehrondagi elchisi Fariddin Nasriyev Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi raisi Muso Og‘ai bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot davomida O‘zbekiston-Eron savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish va ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida kooperatsion aloqalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muso Og‘ai ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi mavjud salohiyatga javob bermasligini va o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini qayd etdi. Bu yo‘nalishda Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qilindi.
«Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, qurilish, to‘qimachilik, energetika, tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish va boshqa qator muhim sohalarda loyihalarni amalga oshirish uchun eronlik investor va kompaniyalarni jalb etishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor», - dedi u.
Mavzuga oid
12:10 / 21.12.2024
O‘zbekiston va Eron kartoshka yetishtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
13:33 / 18.12.2024