Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev boshchiligida delegatsiya Tehronga tashrifi davomida Eron O‘simliklarni himoya qilish tashkiloti raisi Maryam Jalili bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda yetishtirilayotgan no‘xat, zanjabil, makkajo‘xori, soya, pista va kaper mevalari kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga Eron tomonidan ruxsatnoma berish masalasini yakuniga yetkazish istiqbollari muhokama qilindi.
Eron O‘simliklarni himoya qilish tashkiloti raisi Maryam Jalili O‘zbekistonning fitosanitar talablariga muvofiq keladigan toza yer hududlarida yetishtirilgan sertifikatlangan kartoshka eksportini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar Eron tajribasi asosida O‘zbekistonda sifatli kartoshka urug‘larini yetishtirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Eron karantin tashkilotlari o‘rtasida ishlab chiqilgan anglashuv memorandumi loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:41 / 07.07.2026
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
08:33 / 02.07.2026