16:00 / 16.05.2024
2690

Asakabank uchinchi marotaba O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida e’tirof etildi

Armanistonda bo‘lib o‘tgan forumda Asakabank uchinchi bor O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) tomonidan taqdirlandi.

14 may kuni Armanistonning Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yig‘ilishi hamda biznes-forumida Asakabank eng faol emitent bank deya tan olindi. Bank bu e’tirofga 3-marta sazovor bo‘lmoqda. Asakabank 2019 yilda YeTTBning savdoni moliyalashtirish dasturiga qo‘shilgan.

Qisqa muddat ichida butun mamlakat bo‘ylab savdo operatsiyalarini amalga oshirishda o‘zining to‘liq salohiyatini namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan bank 2019 va 2022-yillarda ham O‘zbekistondagi eng faol emitent banki sifatida taqdirlangan edi.

Bank savdoni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z strategiyasini yangilagan va dunyoning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda savdoni moliyalashtirish yo‘nalishi Asakabankning 2024 yil qabul qilingan yangi strategiyasida ham alohida o‘rin tutgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvatlash yo‘lida olib borilayotgan say-harakatlar bilan hamohang.

Ma’lumot uchun, Asakabank ushbu yo‘nalishda PMorgan Chase Bank, Citi Bank, Deutsche Bank, SMBC, Commerzbank AG, LBBW, DZ bank, Natixis, Mashreq bank hamda Oddo BHF kabi yetakchi jahon moliya institutlari va banklari bilan ham hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Reklama huquqi asosida

Top