28 mart kuni Asakabank taşkil qilgan seminarda bank-moliya sektorida raqamlaştiriş, tölov tranzaksiyalari avtomatlaştirilişi kiberxavfsizlik masalani yanada jiddiylaştirib, bu sohaga tajovuzlar kölamini oşirayotgani muhokama qilindi. Uşbu seminar Markaziy bank bilan hamkorlikda ötkazildi.

Raqamli texnologiyalardan foydalaniş sohasida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etiş böyiça bir qator mavzularda seminarlar Markaziy bankda an’anaviy ravişda taşkil etib kelingan. 

Uşbu yönalişda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki va Asakabank tomonidan tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Raqamli asrda xavfsizlik: kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikka qarşi kuraşiş” mavzusida seminar taşkil etildi.

Unda Markaziy bank, Asakabank, Içki işlar vazirligi hamda dastur yaratuvçi xorijiy va mahalliy kompaniyalar vakillari iştirok etdi.

Markaziy bank raisi örinbosari Sodir Melibayevning ta’kidlaşiça, bunday tadbirning birinçisi ötgan yili sentabr oyida taşkil etilgan. Navbatdagi seminarning taşabbuskori esa Asakabank böldi.

“Tijorat banklarida xavfsizlik masalasi bilan şuğullanadigan xodimlar, xavfsizlik masalasida işlaydigan ekspertlar, huquq-tartibot idoralarini çaqirib seminar ötkazdik. Bu seminardan asosiy maqsad bank xodimlari bilan xavfsizlik, kiberhujumlarning oldini oliş va mijozlarni himoya qilişga qaratilgan çora tadbirlarni amalga oşiriş masalasida özaro tajriba almaşişdir. Zamonaviy texnologiya va dasturlar qöllanişi bilan yangi tizimlarni joriy etişda nimalarga e’tibor beriş borasida bank xodimlarining bilimlarini oşirişga harakat qilyapmiz”, - dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.

Seminarda:

• Elektron tölov tizimlari, şuningdek, bank kartalari bilan boğliq şubhali (frod) operatsiyalarning oldini oliş hamda bu boradagi zamonaviy tahdidlar;

•  moliyaviy tizimlarni raqamli tahdidlardan muhofaza qilişning amaldagi holati va istiqbollari;

• elektron tölov tizimlari, jumladan, bank kartalari orqali amalga oşiriladigan noqonuniy operatsiyalarning oldini oliş;

• kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikka qarşi kuraşiş, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oşiriladigan jinoyatlarning turlari;