Toshkentda 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi MChJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «A.B.» MChJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Xususan, ushbu MChJ tasarrufidagi elektr qurilmalarni elektr hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulangani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, majmua hududidagi avtoturargohda hujjatlarsiz elektromobillarni zaryadlash qurilmasi o‘rnatish holati ham aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 1 mlrd 352 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
10:09 / 07.11.2024
683 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
10:18 / 02.11.2024