Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Malayziya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya bosh vazirining joriy yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.
Parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari sezilarli faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29 may kuni Putrajaya shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. O‘zbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashi tuzildi.
Sanoat, "yashil" energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:55
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammitida ishtirok etadi
12:39
Mirziyoyev va Shols tadbirkorlar bilan uchrashdi
21:36 / 15.09.2024
Germaniya kansleri tashrifi doirasida 10 ga yaqin hujjat imzolandi
20:59 / 15.09.2024