O‘zbekiston | 10:10 / 18.07.2024
9284
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi psixotrop moddani bojxonachi qo‘lidan tortib olib, yutib yubordi

Holat Mang‘istau viloyatidagi “Tajyen” bojxona postida sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Qozog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston fuqarosi bojxona xodimi aniqlagan hamda uning qo‘lida bo‘lgan psixotrop moddani tortib olib, yutib yubordi

Zakon.kz xabariga ko‘ra, bu holat Mang‘istau viloyatidagi “Tajyen” bojxona postida sodir bo‘lgan.

Qozog‘iston moliyaviy monitoring agentligi xodimlari izolenta bilan o‘ralgan shubhali o‘ramni aniqlagan. Qo‘lga olingan shaxs tintuv chog‘ida uni tortib olgan. U kasalxonaga olib borilib, tomografiyadan o‘tkazildi.

Ekspertiza o‘ramda yirik hajmda - 1,26 gr miqdorida metamfetamin gidroxlorid psixotrop moddasi bo‘lganini ko‘rsatdi.

Mavzuga oid