O‘zbekiston | 17:00 / 01.08.2024
2338
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MDIST, INHA, SIS va International Coding Platform o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Foto: INHA universiteti

Joriy yilning 30 iyul kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, Toshkentdagi INHA universiteti, SIS (Singapore International School) va International Coding Platform o‘rtasida imzolangan to‘rt tomonlama memorandumning asosiy maqsadi, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari ta’lim metodologiyasi asosida faoliyat yuritadigan ta’lim dargohlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdan iboratdir.

Memorandum o‘z ichiga akademik, ilmiy va innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni hamda o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida turli sohalarda bilim va tajriba almashinuvini qamrab oladi. Jumladan, hamkorlik doirasida Singapur xalqaro maktabining o‘quvchi-yoshlari bilimlarini mustahkamlash va yosh avlodning imkoniyatlarini oshirish yuzasidan tilshunoslik, axborot texnologiyalari, iqtisodiy fanlar va yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirishni amaliy mashg‘ulotlarda keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarning muhim mavzularidan yana biri, onlayn kurslarni ishlab chiqish, interaktiv treninglar, forumlar, muhokamalar o‘tkazish hamda o‘quv materiallarini almashish va talabalar faoliyatini monitoring qilish imkonini beruvchi yagona o‘quv jarayonini boshqarish (LMS) tizimini yaratishdan iboratdir.

Shuningdek, tadbir doirasida yana bir muhim kelishuvga erishildi. Unda Cambridge Learning Center, TSMRI va SIS o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, chet tillarini o‘quvchi-yoshlarga o‘rgatishda faol hamkorlikni amalga oshirish hamda yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shuvchi malakali kadrlar yetkazib berish borasida birgalikda faoliyat olib borish kabi masalalar ko‘zda tutilgan. 

Reklama

Mavzuga oid