O‘zbekiston | 13:10 / 29.08.2024
1099
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YuNICeF vakolatxonasi yangi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bolalar jamg‘armasi vakolatxonasi (YuNICeF) rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.

Foto: TIV

"YuNICeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio xonim bilan uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Qo‘shma loyihalar soni va ko‘lami kengaymoqda. Darhaqiqat, o‘g‘il-qizlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratish mamlakatimiz ravnaqi va barqaror rivojlanishiga qo‘yilgan eng muhim investitsiyadir. Tashqi ishlar vazirligi YuNICeFning O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda bolalarimiz uchun yaxshi kelajak yaratish yo‘lida mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

Nikaragua fuqarosi Rehina Mariya Kastijio ushbu lavozimga tayinlanishdan avval YuNISEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan. 

U 2020–2023 yillarda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasini boshqargan Munir Mamedzade o‘rniga tayinlangan.

Mavzuga oid