O‘zbekiston | 18:28 / 09.09.2024
1420
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chipta haqiqiyligini tekshiruvchi turniket ishga tushdi

Turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangani ta’kidlanmoqda.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chiptalarni tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib haqiqiyligini tekshiradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega yo‘lovchilarga poyezdga chiqish taqiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, yil oxiriga qadar kassalar orqali rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron (QR-kodli) ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid