Sport | 18:36 / 13.09.2024
14198
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mezbonligidagi futzal bo‘yicha JCh-2024 start arafasida: o‘yinlar taqvimi va asosiy ma’lumotlar

14 sentabr kuni O‘zbekiston mezbonligida futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati start oladi. FIFAning yirik turnirlaridan biri Markaziy Osiyoda ilk marta mamlakatimizda o‘tkaziladi. Jahonning eng kuchli 24 jamoasi 22 kun davomida Toshkent, Andijon va Buxoroda o‘yinlarni o‘tkazib, futzal bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Foto: FIFA

Qachon va qayerda

FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14 sentabrdan start oladi va 6 oktyabr kuni final bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuvlarga Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi. Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiqarilgan chiptalarni futsal2024.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Musobaqa formati

Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng, nimchorak final, chorakfinal, yarimfinal, uchinchi o‘rin uchun pley-off va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Jahon Chempionati g‘oliblari

Hozirgacha turnirda eng ko‘p marta Braziliya chempion bo‘lgan – 5 marta (1989; 1992; 1996; 2008; 2012 yillar). Ispaniya ikki karra chempion sanaladi (2000; 2004). 2016 yil Argentina g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, amaldagi jahon chempioni Portugaliya sanaladi. Ular 2021 yilgi JCh oltin medaliga ega chiqishgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi guruhi va tarkibi

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Jamoa sardori Dilshod Rahmatov  jarohati sabab musobaqani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bungacha asosiy tarkib a’zolaridan Ravshan Eliboyev, Davron Choriyev va Sunnat Jo‘rayev ham jarohat olib, safdan chiqishgandi.

Milliy jamoamiz 2021 yil Litvada o‘tgan JChda 1/8 finalda Eronga yutqazib (8:9), turnirni tark etgandi. Bu safar jamoa oldiga ushbu natijani yaxshilash vazifasi qo‘yilgan. O‘zbekiston joy olgan A guruhidan Niderlandiya, Paragvay va Kosta Rika o‘rin olgan bo‘lib, vakillarimizning birinchi o‘yini 14 sentabr kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh uchun tarkibi:

Darvozabonlar

Abbos Elmurodov

Sunnat Anvarov

O‘yinchilar

Ilhom Hamroyev

Mashrab Odilov

Fazliddin Botirov

Mehroj Xudoyberdiyev

Samariddin Berkinov

Husniddin Nishonov

Anasxon Rahmatov

Ixtiyor Ropiyev

Abror Ahmetziyanov

Elbek To‘lqinov

Akbar Usmonov

Muzaffar Ahadjonov

Taqvim

Taqvimga ko‘ra, futzal bo‘yicha jahon chempionati 52ta o‘yinni o‘z ichiga oladi. Toshkentdagi «Humo Arena»da 27ta uchrashuv o‘tkazilsa, Buxoro sport majmuasida 17ta, Andijon sport majmuasida esa 8ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar «Sport» telekanali va MTRK kanallari orqali namoyish etiladi.

A guruhi:

O‘zbekiston

Niderlandiya

Paragvay

Kosta Rika.

14 sentabr, shanba. Toshkent

17:30. Paragvay - Kosta Rika

14 sentabr, shanba. Toshkent

20:00. O‘zbekiston - Niderlandiya

17 sentabr, seshanba. Toshkent

17:30. Kosta Rika - Niderlandiya

17 sentabr, seshanba. Toshkent

20:00. O‘zbekiston - Paragvay

20 sentabr, juma. Toshkent

20:00. Kosta Rika - O‘zbekiston

20 sentabr, juma. Buxoro

Niderlandiya - Paragvay

B guruhi

Braziliya

Kuba

Xorvatiya

Tailand.

14 sentabr, shanba. Buxoro

15:00. Xorvatiya - Tailand

14 sentabr, shanba. Buxoro

17:30. Braziliya - Kuba

17 sentabr, seshanba. Buxoro

17:30. Tailand - Kuba

17 sentabr, seshanba. Buxoro

20:00. Braziliya - Xorvatiya

20 sentabr, juma. Toshkent

17:30. Kuba - Xorvatiya

20 sentabr, juma. Buxoro

17:30. Tailand - Braziliya

C guruhi

Argentina

Ukraina

Afg‘oniston

Angola

15 sentabr, yakshanba. Toshkent

17:30. Afg‘oniston - Angola

15 sentabr, yakshanba. Toshkent

20:00. Argentina - Ukraina

18 sentabr, chorshanba. Toshkent

17:30. Angola - Ukraina

18 sentabr, chorshanba. Toshkent

20:00. Argentina - Afg‘oniston

21 sentabr, shanba. Toshkent

20:00. Angola - Argentina

21 sentabr, shanba. Andijon

20:00. Ukraina - Afg‘oniston

D guruhi

Ispaniya

Qozog‘iston

Yangi Zelandiya

Liviya

15 sentabr, yakshanba. Andijon

15:00. Yangi Zelandiya - Liviya

15 sentabr, yakshanba. Andijon

17:30. Ispaniya - Qozog‘iston

18 sentabr, chorshanba. Andijon

17:30. Liviya - Qozog‘iston

18 sentabr, chorshanba. Andijon

20:00. Ispaniya - Yangi Zelandiya

21 sentabr, shanba. Toshkent

17:30. Qozog‘iston - Yangi Zelandiya

21 sentabr, shanba. Andijon

17:30. Liviya - Ispaniya

E guruhi

Portugaliya

Panama

Tojikiston

Marokash

16 sentabr, dushanba. Toshkent

17:30. Portugaliya - Panama

16 sentabr, dushanba. Toshkent

20:00. Tojikiston - Marokash

19 sentabr, payshanba. Toshkent

17:30. Marokash - Panama

19 sentabr, payshanba. Toshkent

20:00. Portugaliya - Tojikiston

22 sentabr, yakshanba. Toshkent

17:30. Marokash - Portugaliya

22 sentabr, yakshanba. Buxoro

17:30. Panama - Tojikiston

F guruhi

Eron

Venesuela

Gvatemala

Fransiya.

16 sentabr, dushanba. Buxoro

17:30. Eron - Venesuela

16 sentabr, dushanba. Buxoro

20:00. Gvatemala - Fransiya

19 sentabr, payshanba. Buxoro

17:30. Eron - Gvatemala

19 sentabr, payshanba. Buxoro

20:00. Fransiya - Venesuela

22 sentabr, yakshanba. Buxoro

20:00. Fransiya - Eron

22 sentabr, yakshanba. Toshkent

20:00. Venesuela - Gvatemala

1/8 final o‘yinlari:

24 sentabr, seshanba. Buxoro

17:30. B-1 - A/C/D-3

24 sentabr, seshanba. Toshkent

20:00. A-2 - C-2

25 sentabr, chorshanba. Andijon

17:30. D-1 - B/E/F-3

25 sentabr, chorshanba. Toshkent

20:00. A-1 - C/D/E-3

26 sentabr, payshanba. Buxoro

17:30. F-1 - E-2

26 sentabr, payshanba. Andijon

20:00. E-1 - D-2

27 sentabr, juma. Buxoro

17:30. B-2 - F-2

27 sentabr, juma. Toshkent

20:00. C-1 - A/B/F-3

Chorakfinal

29 sentabr, yakshanba. Buxoro

29 sentabr, yakshanba. Toshkent

30 sentabr, dushanba. Buxoro

30 sentabr, dushanba. Toshkent

Yarimfinal

2 oktabr, chorshanba. Toshkent

3 oktabr, payshanba. Toshkent

3-o‘rin uchun o‘yin

6 oktyabr, yakshanba. 17:30. Toshkent

Final

6 oktyabr, yakshanba. 20:00. Toshkent.

Mavzuga oid