O‘zbekiston | 19:00 / 18.09.2024
1028
7 daqiqa o‘qiladi

Huawei kompaniyasi ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida "ICT Talent Summit" ta’lim sessiyasini o‘tkazdi

18 sentabr kuni davlat sektori, xalqaro tashkilotlar, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari vakillari, Huawei kompaniyasi va AKT yo‘nalishlari talabalari "ICT Talent Summit" ta’lim sammitida ishtirok etib, intellektual kelajakni rivojlantirish uchun raqamli iste’dodlar transformatsiyasini muhokama qildilar. Tadbir 2024 yil 17-20 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 AKT haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

2024 yil 18 sentabr Huawei kompaniyasi raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qilish va AKT sohasidagi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sohasini o‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni muhokama qilish uchun Huawei “Huawei ICT Talent Summit” ta’lim sessiyasini o‘tkazdi. Sammit O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-ta’lim assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi va davlat sektori, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AKT sohasi talabalarini birlashtirdi.Tadbir spikerlari sifatida raqamli texnologiyalar vazirligi, YuNESKOning ta’limda axborot texnologiyalari instituti (YuNESKO TATI), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Huawei kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

Sammit O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-ta’lim assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi va davlat sektori, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AKT sohasi talabalarini birlashtirdi.

Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov sammitni tantanali nutqi bilan ochib berdi va O‘zbekistonda IT ta’limini rivojlantirish sohasidagi yutuqlar va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, AKT sohasida muvaffaqiyatli karera qurish uchun raqamli va til ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan o‘rtoqlashdi. "AKT iste’dodlarini rivojlantirish raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy vazifasidir. Davlat, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlarning ochiq  va o‘zaro hamkorligi bo‘lajak mutaxassislarning raqamli muhitga integratsiyalashuvini jadallashtirishga yordam beradi. Huawei kabi yetakchi AKT kompaniyalarining ta’lim sertifikatiga ega kurslarida o‘qish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha katta hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Va biz raqamli iste’dodlarni imkoniyatlardan foydalanishga va texnologiyaning intellektual dunyosiga chuqurroq nazar solishga taklif qilamiz", dedi Rustam Karimjonov.

Vazir o‘rinbosari yoshlarni amaliy ko‘nikmalarni egallashda qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganishda erishgan yutuqlari uchun sertifikatlar olish bo‘yicha davlat dasturini e’lon qildi. Olish uchun tavsiya etilgan bilim va sertifikatlar reyestriga Huawei ICT Academy kurslari ham kiritilgan.

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi xodimlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Kevin Veyning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonning 15 ta Oliy o‘quv yurti talabalari Huawei ICT kurslarida o‘qish imkoniyatlariga ega: "Sun’iy intellekt, Katta Ma’lumotlar, 5G kabi innovatsiyalarda raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirmoqda va AKT sohasidagi yorqin karera uchun poydevor yaratmoqda. Huawei kompaniyasining ta’lim dasturlari sizga universitet talabalari sifatida sohaning yetakchi mutaxassislaridan ilg‘or bilimlarni osongina olish imkonini beradi", dedi Kevin Vey.

Tadbirda YuNESKO TATIning dastur mutaxassisi Yekaterina Pushkareva ishtirok etdi. O‘z nutqida u AKTdan innovatsion foydalanishni targ‘ib qilish va AKTdan foydalanishga asoslangan yechimlar va amaliyotlar orqali "barqaror rivojlanish maqsadi 4" ga erishishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkilot faoliyati haqida gapirdi. Yekaterina Pushkareva YuNESKO TATI va Huawei kompaniyasining AKT iste’dodlarini rivojlantirish, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’lim va kasb-hunar va texnik ta’limga yo‘naltirilgan raqamli ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha hamkor tashabbuslarining alohida ahamiyatini ta’kidladi: "Bu kabi tashabbuslar  talabalarning ham, o‘qituvchilarning ham  AKT  malakalari va ko‘nikmalari rivojlanishiga hissa qo‘shadi,  shuningdek, mintaqadagi ta’lim imkoniyatlaridan teng tarzda foydalanishga ko‘maklashadi".

Sammitning asosiy mavzulari O‘zbekistondagi Huawei ICT Academy faoliyatiga, shuningdek, TATU negizida akademiya instruktorlarini sertifikatlashning muvaffaqiyatli tajribasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu haqda o‘qituvchi Azamat Kodirov gapirdi. Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi AKT strategiyasi va marketingi bo‘yicha vitse-prezidenti doktor Mohamed Madkur o‘z nutqida AKT bizning hayotimizning asosiy platformasi ekanligini, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiyotni boyitib, uni yanada farovonlashtirishini ta’kidladi. U iste’dodlarning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiyani rivojlantirishda hal qiluvchi roliga urg‘u berdi. Tadbir ishtirokchilari oliy o‘quv yurtlari vakillari bo‘lganini hisobga olib, ta’lim jarayonlarini qurish va ta’lim sohasini raqamlashtirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni muhokama uchun alohida mavzu bo‘ldi. Reshat Boltayev, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi AKT yechimlari bo‘yicha maslahatchisi Huawei yechimlarining ta’lim sohasidagi raqamlashtirish va innovatsiyalarga qaratilgan asosiy jihatlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, AKT yechimlari ta’lim jarayonining imkoniyatlarini qay tarzda kengaytirishi, ta’lim muassasalariga kadrlar tayyorlash jarayonida yanada innovatsion va samarali bo‘lishiga imkon berishi haqida aytib o‘tdi.

 

 

Sammit yakunida mahalliy universitet talabalari orasidan ICT Academy Ambassador tayinlandi, ular akademiyalarning mahalliy faoliyatini targ‘ib qiladilar va o‘z kursdoshlarining raqamli bilimlarini kengaytirishga yordam beradilar. Shuningdek, " ICT Competition 2024-2025" AKT musobaqalariga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi, ular YuNESKO TATI bilan hamkorlikda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun Huawei ICT Academy, O‘zbekistonning barcha Oliy o‘quv yurtlari va AKT yo‘nalishlariga ega ta’lim muassasalari talabalari taklif etiladi. To‘qqizinchi AKT musobaqalari o‘z iste’dodlarini jahon sahnasida namoyish etish uchun nufuzli platforma yaratadi. 

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yil davomida faoliyat yuritib, AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha davlat tomonidan muhim loyihalarda ishtirok etib, ta’lim, atrof-muhit va mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirmoqda. Avgust oyida Huawei kompaniyasi Toshkentda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidan 150 nafar talabani jalb qilgan holda Seeds for The Future 2024 mintaqaviy ta’lim loyihasini o‘tkazdi. Kompaniya har yili ICTWEEK UZBEKISTAN doirasida ishtirok etib, ilg‘or texnologiyalarni namoyish etadi va raqamli rivojlanish tajribasini almashadi.