FATF tashkiloti Rossiyani qora ro‘yxatga kiritishi mumkin
Ukraina Rossiya Federatsiyasini FATF'ning jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha eng yuqori xavf tug‘diradigan davlatlar ro‘yxatiga kiritishni talab qilmoqda.
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashuvchi hukumatlararo tashkilot — The Financial Action Task Force (FATF) Rossiyani qora ro‘yxatga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni Politico internet nashri tahririyat ixtiyoridagi maxfiy hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Ukraina Rossiyani FATF qora ro‘yxatiga kiritmoqchi. «Parijda joylashgan tashkilot mamlakatlarni pul yuvish, terrorizmni moliyalashtirish va yadroviy, kimyoviy yoki biologik qurollarning tarqalishiga qarshi kurashish majburiyatlari bo‘yicha muntazam ravishda baholaydi, - deb eslatadi Politico. - FATF tomonidan qora ro‘yxat yoki kulrang ro‘yxatga kiritilish mamlakatning moliyaviy obro‘siga jiddiy putur yetkazadi va ko‘pchilik davlatlar tomonidan iqtisodiy falokat yo‘li sifatida ko‘riladi».
Xususan, FATF qora ro‘yxatiga qo‘shilish xalqaro bank tizimidan haqiqiy chetlashish xavfini tug‘diradi.
Yevropa kengashi: RF Ukrainadagi madaniy merosni yo‘q qilmoqda
Strasburgdagi Yevropa kengashi Rossiya urushi davrida Ukrainadagi madaniy merosning yo‘q qilinishini xalqaro gumanitar huquqning buzilishi deb atadi. Mahalliy va mintaqaviy hokimiyatlar kongressi 15 oktyabr kuni Ukrainadagi madaniy meros yo‘q qilinayotgani to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi, deb xabar berdi kengash.
Kongress yana urushni qoraladi va Ukrainaning «xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikka sodiqligini» yana bir bor tasdiqladi.
Kongress Rossiya Federatsiyasi keng miqyosli hujumi boshlanganidan beri mingdan ortiq madaniy obektlar buzilgani yoki yo‘q qilinganligini ta’kidladi. Deklaratsiya mualliflari «madaniy obidalarga hujumlar va ularni talon-toroj qilish» Ukrainaning tarixiy va madaniy o‘ziga xosligini yo‘q qilishga qaratilgan tizimli siyosatning bir qismi sifatida ro‘y berayotganiga ishonch bildirishdi. Bu, hujjatni ishlab chiquvchilarga ko‘ra, «genotsid niyatlariga to‘g‘ri keladi».
Mavzuga oid
20:50
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
20:46
Rossiyada migrant o‘quvchilarning rus tilidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi
17:03
Putin Qozog‘istonga kelib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
20:08 / 27.11.2024