Hamma osmonöpar binolarning ahamiyatini ulardagi qavatlar soni bilan baholayotgan bir paytda haqiqiy mutaxassislar uçun balandlik ikkinçi darajada turadi. Loyihaning mukammalligi, binoning joyga mos tuşişi, originalligi – hayotini arxitekturaga bağişlaganlar uçun mana şu jihatlar ustun. Quyidagi inşootlar tez orada özining ğayrioddiy körinişi bilan joylaşgan şaharlarining diqqatga sazovor joylariga aylanişi tayin.
“Glassy Crown”, Manila, Filippin

Şahar markazidagi uşbu minoraning qurilişi 2018 yilda nihoyasiga yetişi lozim, lekin hozirdanoq aytiş mumkinki, 245 metrli “Glassy Crown” Maniladagi ayni paytdagi eng baland binodan ham 42 metrga balandroq böladi. Inşoot loyihasi bilan Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining redizayni orqali maşhur bölgan “Studio Libeskind” arxitektura firmasi şuğullangan.

Minoraning pastki qavatlarini ofis idoralari egallasa, yuqori qavatlarda pentxauslar, duplekslar, lyukslar va kvartiralar joylaşadi. Köpsonli balkonlar va ayvonlar inşootning oynavand taşqi körinişi bilan uyğunlaşgan.
Minora nomidagi «oynavand» sözi tuşunarli, lekin «toj» söziga ozgina tuşuntiriş berişga töğri keladi. Gap şundaki, minoraning eng yuqori qismida turli taraflarga turtib çiqqan uçta qöşimça darhaqiqat hukmdorlarning boş kiyimini eslatadi.
“Zhuhai Observation Tower”, Çjuxay, Xitoy

Ikki daryo qöşiliş joyida barpo etiladigan bu inşoot uçun “RMJM” byurosi dengiz mavjudotini aks ettiruvçi loyihani tanlagan. Baliq yoki yana ayrimlar suv parisining dumi deb hisoblaydigan bu loyiha arxitektorlarni şu darajada ilhomlantirganki, ular balandligi 93 metrli minorada baliq tangalarini aks ettiriş uçun 1400ta perforatsiyalangan paneldan foydalanişgan.

Quriliş yakuniga yetganidan söng inşootning içki maydoni 3 hududga bölinadi: pastki qavatda tamaddixonalar, magazinlar va lobbi joylaşadi, örtadagi qavatni tijorat muaassasalari egallaydi, eng yuqori qavatda esa 360 darajali tomoşa maydoni böladi.












