Jahonning turli mintaqa va hududlarida qarama-qarşilik va ziddiyatlar, qonli mojarolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi xavf-xatarlar tobora kuçayib bormoqda, faşizm balosi yana boş kötarmoqda, millatçilik, şovinizm singari ofatlar maydonga çiqmoqda.

Bu yil insoniyat tarixida eng dahşatli deya tan olingan uruş nihoyasiga yetganiga 71 yil töladi. Şundan keyin jahonda tinçlik davri boşlanganiga barça umid qilgandi. Ötgan asrning 70-yillarida, endilikda katta davlatlar örtasida uruş heç qaçon yuz bermasligi haqida baralla aytila boşlandi. Biroq XX asr oxiri, XXI boşlaridagi özaro nizolar katta uruşlardan kam emasligini körsatmoqda.

Uruşlarda kim ğalaba qozonib, kim mağlub bölişidan qat'i nazar özaro nizolaşayotgan tomonlar uçun insoniy, siyosiy va iqtisodiy yöqotişlar bölişi aniq. Masalan, Ikkinçi jahon uruşida öşa vaqtda Yer yuzi aholisining uç foizini taşkil qiluvçi 60 millionga yaqin kişi halok bölgan. Bir qator Yevropa mamlakatlari, öz aholisining 10 foizidan ayrilgan. Ğolib mamlakatlar ham katta yöqotişlarga duçor bölgan.

Uruşning eng katta yöqotişi bu jamiyatdagi qadriyatlarning özgarişida namoyon böladi. Birinçi jahon uruşidan keyin Yevropada “yöqotilgan avlod” paydo bölgan bölsa, Ikkinçi jahon uruşi ham Hirosima va Nagasaki timsolida insoniyat tarixida “qora iz“ qoldirdi. Avvalari uruşlar vayronagarçiliklarga sabab bölar edi. Endi esa vayronagarçiliklar çegara bilmayapti. Masalan, terrorçilarning qarorgohlariga berilayotgan havo zarbalari tinç aholiga ziyon yetkazmaydi, deb heç kim kafolat bera olmaydi. Yadroviy zarbalar qöşni şaharlarga ham şamol orqali zaharli havoni yetkazayotgani aytilmoqda.

Bugungi uruşlar nafaqat jinoiy nuqtai nazardan, balki axloqiy jihatdan ham jirkanç tusga kirib borayotgani oydinlaşmoqda. XXI asrdagi asosiy uruş va nizolar haqida qisqaça ma'lumot berib ötamiz.

2000—2005 yilarda Ikkinçi intifada, 2001 yil Makedoniyadagi mojaro, 2002 — 2007 yilardagi Kot-d’Ivuardagi fuqarolar uruşi, 2003 — 2009 yillardagi Çad va Eritreya örtasida Darfur mojarosi, 2004 — 2009 yillardagi Kivu mojarosi, 2005 — 2008 yillarda Keniyada aksilhukumat isyoni, 2005 — 2010 yillarda Çadda ikkinçi fuqorolar uruşi, 2006 yilgi ikkinçi Livan uruşi, 2006 — 2007 yillardagi Falastining Fath va Hamas guruhlari örtasidagi töqnaşuvlar, 2006 — 2012 yillardagi Somalidagi uruş, 2007 yil Şimoliy Livandagi mojaro, 2007 — 2008 yillardagi Keniyada yuz bergan siyosiy inqiroz, 2007 — 2009 yillarda kuzatilgan Malida Tuareglar isyoni, 2008 yil Kambodja -Tailand çegara mojarosi, 2008 yil Jibuti- Eritreya çegara mojarosi, 2010 — 2011 yillarda Tunisdagi inqilob, 2011 yilgi “Arab bahori”, 2011 — 2012 yillardagi Yamandagi isyon, 2011 yil Liviyada fuqarolar uruşi, 2011 — 2012 yillarda Bahraynda yuz bergan isyon, 2011 yildan beri Suriyada davom etayotgan fuqarolar uruşi, Ukrainadagi vaziyat, Misrdagi inqiloblar va harbiy töntarişlar.....