2015 yilning eng yirik eksport qiluvchi mamlakatlari beshtaligi aniqlandi
2016 yilning 18 may kuni bo‘lajak «Tovar va xizmatlar eksporti» mavzusidagi amaliy konferensiya hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu ayniqsa, mamlakat eksportini kuchaytirishga turtki berish va rivojlantirish masalasi kun tartibida turgan bugungi kunda yanada dolzarblik kasb etadi. Ammo, biron maqsadni amalga oshirishda ushbu sohada muvaffaqiyatga erishganlarni bilish foydadan xoli emas. Shu bois, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchi top-beshtalik mamlakatlari havola etiladi.
5-o‘rin: Niderlandiya
Eksportning asosiy yo‘nalishlari: qishloq xo‘jaligi, kimyo va elektrotexnika sanoati mahsulotlari, mineral yoqilg‘i;
Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Angliya, Fransiya, Italiya.
4-o‘rin: Yaponiya
Eksport qilinuvchi mahsulotlari: avtomobillar va ularning butlovchi qismlari, murakkab mikrosxemalar, po‘lat, yarimo‘tkazgichlar, kimyo va mashinasozlik sanoati mahsulotlari;
Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, AQSh, BAA, Avstraliya va Janubiy Koreya.
3-o‘rin: Germaniya
Eksport mahsulotlari: avtomobillar, transport vositalari, metalllar, oziq-ovqat mahsulotlari va ximikatlar, kompyuter texnikasi, to‘qimachilik;
Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSh, Shveytsariya, Belgiya va Niderlandiya.
2-o‘rin: AQSh
Eksport mahsulotlari: iste'mool mollari, avtomobillar, neft va mineral yoqilg‘i, elektroapparatura, kompyuter va orgtexnikalar, kimyoviy preparatlar, transport vositalari, uchuvchi va kosmik mahsulotlar, qimmatbaho tosh va metallar, plastmassa, farmatsevtika mahsulotlari, organik kimyoviy moddalar;
Asosiy savdo hamkorlari: Kanada, Yaponiya, Meksika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Tayvan.
1-o‘rin: Xitoy
Eksport mahsulotlari: to‘qimachilik, tibbiy uskuna va texnikalar, po‘lat, elektron uskunalar, kiyim-kechak va boshqalar;
Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya, Niderlandiya, Vetnam, Angliya, Hindiston va Malayziya.
Qayd etish lozim, 2015 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy eksport va internet savdosi hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bugungi kunda, jahon eksportining 12,5 foizi ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. XXR tijorat vaziri Gao Xuchenning so‘zlariga ko‘ra, tashqi savdoni yuritish namunasining zamon talablariga moslashtirilishi eksport hajmining o‘sishiga turtki bo‘lgan. Shu bilan birga, arzon ish kuchining o‘rni beqiyosdir.
O‘zbekiston eksportini mustahkamlashga hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlar uchun esa 18 may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida «Tovarlar va xizmatlar eksporti» mavzusida amaliy biznes-anjuman bo‘lib o‘tadi.
Unda Dmitriy Dichkovskiy, Igor Kachalov va Maksimilian Foyedinger kabi mutaxassislar ma'ruza qilishadi. Bundan tashqari, amaliy muhokama doirasida mahalliy tadbirkorlar Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi kuzatuv kengashi raisi Hikmat Abdurahmonova Marwin Brands (Dena sharbatlari) kompaniyasi rahbari Alisher Isayev ham o‘zlarining foydali maslahatlarini berishadi.
Be the Change Group kompaniyasi anjuman tashkilotchisi, AMB vaT hamkor tashkilotchi, CHINA LEASING GROUP bosh hamkor hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:38
O‘zbekiston va JST eksport subsidiyalarini bekor etishni muhokama qildi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024