O‘zbekiston | 09:38 / 14.11.2024
2217
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va JST eksport subsidiyalarini bekor etishni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev COP29 konferensiyasi doirasida JST bosh direktori bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishidagi dolzarb jihatlar, xususan, a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar, qonunchilikni moslashtirish, shuningdek, eksport subsidiyalarini bekor qilish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Boku shahrida o‘tayotgan iqlim bo‘yicha SOR29 konferensiyasi doirasida 13 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdi.

Jumladan, ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar sur’ati qayd etildi.

Milliy qonunchilikni JST me’yorlari va qoidalariga uyg‘unlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda.

Bundan tashqari, xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid