AQŞlik olimlar Yupiter atmosferasida bahaybat bulutlar suzib yurganining guvohi bölişdi hamda sayyoradagi öşa qizil bulutlarning batafsil xaritasini tuzib çiqişdi. Tadqiqotlar Science jurnalida naşr etildi.
Xaritadan sayyora yuzasidagi bir qança tuzilmalarga guvoh böliş mumkin: ularda 200 kelvin darajaga yetuvçi gidrosulfidli ammoniy va darajasi 160 kelvinga yetuvçi ammiak bulutlari aks etgan. Uşbu bulutlarni Yerdan turib optik teleskoplar orqali kuzatiş mumkin. Olimlarning ma'lum qilişlariça, atmosfera tubida ammiak miqdori kamayib borgan.
Xartida ammiak deyarli bölmagan hududlar ham körsatib ötilgan. Ana şunday hududlar oraliğida atmosfera maydonçalari mavjud. Yupiterni radiodiapozon orqali kuzatiş undagi körinmas gazli bulutlarni kuzatiş imkonini beradi.
Ulkan sayyorada atmosferasidagi bu özgarişlarni olimlar sayyora tubidan ajralib çiqayotgan va turli siklonlar keltirib çiqarayotgan issiqlikdan deb bilişmoqda. Xuddi şunga öxşaş mexanizmni Quyoş tizimidagi boşqa gaz sayyoralar, masalan, Saturn, Uran va Neptunda uçratiş mumkin.
Darhaqiqat, olimlar sayyorani kuztiş uçun VLA (Very Large Array) radioteleskopidan foydalanişdi. Yupiterdagi katta qizil doğ uzunligiga 40 ming, eniga 13 ming kilometrni taşkil etgan.






