28-29 iyun kunlari Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakat rahbarlarining sammiti bölib ötadi. Unda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişi bilan boğliq masala muhokama qilinadi. Yevropa Ittifoqi tuzilmalarining rahbarlari Buyuk Britaniyada bölib ötgan referendumda mamlakatning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişi borasida qabul qilingan qarordan afsusda ekanini aytişmoqda. Endilikda Yevropa rahbarlari Buyuk Britaniya bilan aloqalar qay yösinda yölga quyilişi borasida öylaşlari kerak böladi.
Kuzatuvçilarning fikriça, avvaliga Bryusselda referendum natijalari şunday yakunlanişiga heç kim işonmagan edi. Çunki Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga a'zoligi saqlanib qolişi uçun ötkazilgan taşviqot işlariga katta kuç taşlangan edi. Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning rahbarlari bilan Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron ötkazgan muzokoralarida ular referendum natijalari qanday bölişidan qatiy nazar uni qöllab-quvvatlaşlarini aytişgan. Buning uçun Devid Kemeron ularga minnadorçilik bildirdi. Juma kuni Britaniya boş vaziri Yevropa Kengaşi prezidenti Donald Tusk, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Italiya boş vaziri Matteo Rentsi, Irlandiya boş vaziri Enda Kenni va Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Ularning hammasi bundan keyin ham Buyuk Britaniyani qöllab-quvvatlaşlarini bildirişgan.
Şu bilan birga Yevropa Ittifoqi tuzilmalarining rahbarlari britaniyaliklarning qarorini xurmat qilişlarini ta'kidlaşmoqda. Ular “endilikda Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya bilan aloqalari qanday bölişi kerak?” degan masalani muhokama qilişmoqda. Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker, Yevropa Kengaşi raisi Donald Tusk, Yevroparlament spikeri Martin Şults va Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte qöşma bayonot qabul qildilar. Unda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişi bilan boğliq jarayon çözilib ketmasligi aytiladi.
Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqqaniga qaramay Buyuk Britaniya jaxondagi yetakçi kuçlardlan biri bölib qolaveradi. Bu xaqda Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Mettyu Raykroft bayonot berdi. Uning aytişiça, mamlakatni Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqiş jarayonlari ikki yil davom etişi mumkin. Şu davr maboynida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqining tölaqonli a'zosi bölib qolveradi.
Ayni damda “Ittifoq saflaridan çiqişi borasida London qaçon rasman murojaat qiladi?”, degan savol örtaga taşlanmoqda. Tahlilçilar bu jarayon imkon qadar tezroq boşlanib, tezroq yakunlanişi lozimligini ta'kidlaşadi. Muzokoralar çözilib ketgudek bölsa, u holda Yevropadagi siyosiy va moliyaviy barqarorlikka ziyon yetişi mumkin ekan.











