“Bugun onam öldi. Yo keçamikan, bilmayman”... Buyuk fransuz adibi Alber Kamyuning maşhur “Begona” asari ana şunday sözlar bilan boşlanadi.

Boş qahramon Merso heç narsaga qiziqmaydi va heç kimga mehr qöymaydi. Hatto qariyalar uyida yaşaydigan onasiga ham befarq. Uning vafotini sovuqqonlik bilan qabul qiladi, barça marosimlarni befarqlik bilan ado etadi. Qotillik sodir etganining sababi sifatida “köziga quyoş tuşgani”ni keltiradi. Sudda ölim jazosi haqidagi qaror öqib eşittirilganda ham Merso buni xotirjam qabul qiladi. Hatto sönggi sözni aytiş huquqidan ham voz keçadi.

Nima uçun Kamyuning qahramoni atrofdagilar va hatto öz hayotiga nisbatan bu qadar befarq? Balki bu uning özi va jamiyat örtasida boğliqlikni sezmay yaşaganidandir? Jamiyatni odamlar taşkil qiladi, agar Merso uning a'zosi bölmasa, u holda kim? Şuning uçun ham   Kamyu asarini “Begona” deb nomladi.

Dastlab “Begona” jamiyatda katta noroziliklarga sabab bölgan. Tanqidçilar kişi bu darajada befarq bölişi mumkin emasligini aytgan. Qoleversa, adibning begonalaşuv haqidagi ğoyalari ham keskin qarşilikka uçragan. “Absurd” – Kamyu adabiyotini bir ovozdan şunday nomlaşdi.

Oradan yillar ötib, safsata deb qoralangan asarda haqiqat borligini dunyo tan oldi. Begonalaşuv fenomenining mavjudligini sotsiologiya va psixologiya isbotladi. 

Xöş, begonalaşuv aslida nima? Bugungi jamiyat hayotida u qançalik mustahkam örnaşib olgan?

– Begonalaşuv  – inson va uning jamiyatdagi örni, maqomi, mavqei va u bajaradigan vazifasi örtasidagi azaliy boğliklikning uzilişidir, – deydi “Milliy ğoya” ilmiy-amaliy markazi rahbari Muhammadjon Quronov, – Inson va jamiyat munosabatlaridagi me'yorning buzilişi, insonning öz mohiyatini belgilovçi xususiyatlardan mahrum bölib, jamiyatda öz örnini topolmasligi begonalaşuvning tub ildizini taşkil qiladi.

Begonalaşuv - bu insonning öz mohiyatidan uzoqlaşişdir. Bu muammoni nemis mutafakkiri Erix Fromm juda yaxşi işlab çiqqan. Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson mohiyatini «maşinalaştiriş», «kompyuterlaştiriş» va «robotlaştiriş» jarayonlari tufayli begonalaşuvning bir mahsuli, deb ta'riflaydi. Buning isboti sifatida Ğarbda kuzatilayotgan jamiyatning «atomlaşuvi» jarayonini keltiriş mumkin.

Bu degani, jamiyatda ikki kişini boğlaydigan heç narsa yöq. Odamlar orasida avtonom turmuş tarzi keng yoyilib ketmoqda. Nima qilmoq kerak? Ijtimoiy begonalaşuvni bartaraf qiliş uçun insonlarni bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosiga quriş kerakki, şunda har bir inson özini boşqalar ham uçun kerak ekanligini çin yurakdan his qilsin.