Xitoyning kiçik qişloğida 39 juft egizak yaşaydi. Mashable naşrining ma'lum qilişiça, mazkur qişloq Tszyantszin deb nomlanadi.
“Egizaklar qişloği”da atigi 367 ta xonadon bor. Bu yerdagi eng yoşi uluğ egizaklar hozir 89 yoşda, eng kiçiklari esa – 9 oylik.
Tszyantszin qişloğida “egizaklar fenomeni” nafaqat odamlar orasida, balki tovuqlar orasida ham tarqalgan – ular muntazam ravişda sariği ikkita bölgan tuxum qöyişadi.

Mahalliy aholi nima sababdan bu yerda egizaklar şunçalik köpligini bilmaydi. Şifokorlarning fikriça, bu ayollarning hozirda unumdorlik muolajalari va dori vositalariga oson çiqa olişi bilan boğliq.

Xitoy madaniyatida egizaklar baxt va omad timsoli hisoblanadi, ayniqsa, egizaklar juftligi öğil va qiz boladan iborat bölsa.












