— Men bu voqealarni boşqalarga saboq bölsin, deya yozdirayapman, — dedi Tilovoldi boşini quyi egganiça. — Heç kim mendek notavon bölmasin. Boşimdan ötgan bu körgiliklarni yozdiriş men uçun ham azobdir.
* * *
“Voy-dod! Bolaginamning örniga meni olib ketinglar! Qanday çidayman endi! Voy-dod!”, deya onajonim köksiga muştlab urganlari hanuzgaça köz oldimdan ketmaydi.
Ortimga qaray-qaray maşinaga ötirdim. Bu payt onaizorim çökkalab olganiça yer muştlab, Xudoning zorini qilardi.
Meni militsiya xodimlari qayergadir olib borib, bir kameraga qamab qöyişdi. Bir zumda dadam ham advokat bilan yetib keldi.
Keyin meni söroqqa tutişdi. Avvaliga qilgan aybimni berkitdim. Ammo oyni etak bilan yopib bölmas ekan. Öşanda yölovçilardan biri maşinamning raqamini körib qolib, militsiya xodimlariga xabar beribdi.
* * *
Ota-onam meni Xudoyimdan tilab-tilab olgan. Ön ikki yil deganda farzandli bölişgan ekan. Yolğiz öğil bölganim uçun bolaligimdan oğzimdan çiqqanini muhayyo qilişardi. Men xuddi ertaklardagi şahzodalardek yaşardim. Hattoki, men uçun bitta enaga ham olişgan edi.
Eng yaxşi boğçada, söngra eng zör maktabda ta'lim oldim. Institutning ham eng nufuzlisiga kirdim, töğriroği kiritib qöyişdi.
Ammo u yerdagi özimga öxşagan boyvaççalarning farzandlarini körib, sekin-asta öqişni ham bir çekkaga yiğiştirib qöydim. Ikkinçi kursda öqiyotganimda dadam yap-yangi “Neksiya” maşinasini tuğilgan kunimga sovğa qildi. Endi men ham gerdayib özimning maşinamda institutga qatnardim. Darsdan çiqqaç, uç-törtta örtoq birga bölişib, kafe-bar, diskotekaga borardik. Kunimizni xursandçilik bilan ötkazardik.
Kunlarning birida diskotekaga borganimda ikki-uç yigit bilan janjallaşib qoldim. Ularga özimning kimligimni körsatiş uçun rosa döpposladim. Öşa yerning xöjayni qayoqqadir qönğiroq qilibdi. Bir onda militsiya xodimlari yetib kelişdi. Men ham darrov dadamga qönğiroq qildim. U yerdagi singan narsalarni tölaş va bezorilik qilganim uçun jarima bilan qutuldim.
Uyga kelgaç, ertasi kuni dadamdan eşitadiganimni eşitdim. “Qaçongaça ortingdagi loylaringni tozalab yuraman. Qaçon tinç yurişni örganasan? Yöq joydan janjal izlaysan! Ayt, senga nima yetişmayapti?”
Men indamasdan mum tişlab ötiraverdim. Çunki dadamning jahli yomon edi. Gap qaytarsam, battar tutaqib ketardi.
Şundan söng dadam deraza yonidagi gultuvakni hovliga qarab uloqtirib yubordi.
Darhol onajonim mening yonimga uçib kirdi. “Hoy, dadasi, sekinroq, qöşnilar eşitadi. Hali yoşda, aqli kirib qolar. Şunçalik javraşingiz şartmidi? Öğirlik qilgan bölmasa, boşqalarga qöşilib qimorbozlik qilmasa, ozgina öynab-kulibdi, xolos. Endi astoydil öqiydi. Bir gal keçiring”, deya keyin menga yuzlandi.
“Dadangdan darhol keçirim söra. Boşqa qaytarilmaydi, yigitlik sözim, deb ayt”, dedi.
Men esa minğirlaganimça dadamga söz berdim.
Bir oyça tinç yurdim. Qayoqda, örgangan köngil örtansa qöymas ekan. Kundan-kunga qaysar bölib borardim. Yana öşa örtoqlarimga qöşilib, dadam aytganlarining teskarisini qila boşladim.
Bir kuni işdan uyga qaytgan dadam menga qönğiroq qilib qayerdaligimni söradi. “Diskotekadaman, örtoqlarim bilan”, dedim.
“Hoziroq uyga yetib kel!”, dedi. Ammo men qaytmadim. Şundan söng dadam haydovçisi bilan meni olib ketgani keldi. Içib olgandim. Oyoğimda zörğa turardim. Dadam meni bu ahvolda körib, battar tutaqib ketdi. Maşinaga ötirmasligimni tayinladi. Haydovçisiga mening maşinamni haydaşni buyurdi.
Men qaysar şunda ham dadamning közini şamğalat qilib, diskotekadan bir amallab çiqdim-da, maşinaga ötirib gazni bosdim.
Ortimdan hoynahoy dadam ham maşinasini yeldek uçirib kelardi.
Şu payt svetoforning çiroği yonganini payqamay ham qolibman. Çorrahadan ötayotib bir yigitni maşinamda urib yubordim. Maşinani qanday töxtatganimni bilmayman. Karaxt bölib qoldim. Köz öngimda deyarli özim tengi yigit qip-qizil qonga böyalib yotardi.
Yonimga dadam kelib ötirdi-da, maşinani haydab ketdi. Menga qarab “Heç narsa bölmagan, deb faraz qilgin. Özingga kel, heç narsa bölmadi”, deb takrorlardi.
Uyga ham yetib keldik. Ammo men oyoğimni yerga qöya olmasdim. Yigit beçoraning ahvoli nima böldi ekan, deb öylardim.
Bir soatdan söng dadamning haydovçisi qönğiroq qilib qoldi. “Yigitni şifoxonaga olib borişibdi. Ahvoli yomon ekan”. Dadam şifoxonaga ketdi. Afsuski, u köp qon yöqotgani uçun vafot etibdi.
Oradan ikki soatça vaqt ötgaç, onamni çirqiratib militsiya xodimlari meni olib ketgani kelişdi.
Mast holatda rulga heç qaçon ötirmaslik kerakligini endi angladim. Közim keç oçildi. Şuning uçun doim kattalar “Spirtli içimliklar içib, maşinaga ötirma! Biror falokatga yöliqasan”, deb bekorga aytişmas ekan. Endi nima böladi, deya boşim ğovlab ketdi. Şunda ham dadamdan umid qilib ötirardim. Çunki dadam barça narsaning qalovini topardi.
Oradan biroz vaqt ötdi. Men barça qilgan aybimni böynimga oldim. Ilojim ham qolmagandi. Dadam eng zör advokat yolladi. Afsuski, advokat ham meni qonun çangalidan qutqara olmadi. Qonun hamma uçun barobarligini tuşunib yetdim. Yolğiz öğil yalmoğiz böladi, deganlari rost ekan. Men ota-onamning yalmoğizi böldim.
Sud böldi. Uzoq muddatga qamaldim. Onaizorim sud hukmini eşitgaç, zalning özidayoq huşidan ketdi. Özimdan ham köra köproq onajonimga rahmim keldi.
Qamoqxonada mening ayni navqiron yoşligim ötdi. Köz oldimga ozodlikda, erkinlikda yurgan vaqtlarim, mehribon onajonimning biroz betob bölib qolsam, yonimdan jilmay parvona bölişlari, men uçun hamma narsaga tayyor bölgani, sud zalidan olib ketişayotganlarida birinçi bor yiğlagan dadajonim, jonajon kursdoşlarim kelardi…
Qamoqda yotganimda onam bilan dadam holimdan tez-tez xabar olib turişardi. Ammo ularni körib iç-içimdan ezilib ketardim. Ikkalovlarining ham men beboşni deb qop-qora soçlari endi oqargandi. Hatto onajonimning yuzlariga ajin ham tuşibdi.
Kursdoşlarim institutni bitirib, işga ham joylaşgandir. Ammo men nima qildim, nimaga erişdim, degan savolni özimga köp marotaba berdim. Yoşligimni kökka behuda sovurdim. Mening kör közlarim keç oçildi, keç. Qamoqxonada ötirişni duşmanimga ham ravo körmayman.
Ozodlikka ham çiqdim. Mening hayotim özim tengilarga saboq bölsin.
Xonbibi HIMMAT qizi







