Rossiyadagi Şarqşunoslik, xalqaro aloqalar va jamoatçilik diplomatiyasi markazi direktori va turkolog Vladimir Avatkov, “FeTOçilar aslo Rossiyaning dösti böla olmaydi. Ular Rossiyada umuman har qanaqa holatda ham faoliyat körsata olişmasligi kerak”, - dedi.  

“Ma'lumki Turkiyada Gulenga aloqasi bölganlar FeTO/PDY (FETÖ/PDY) deya nomlanadi. Rossiyada ham FeTOçilar bor. Vaqti-vaqti bilan ovozlari çiqib turadi. Ular aslo Rossiyaning dösti böla olmaydi va mamlakatimizda umuman har qanaqa holatda ham faoliyat körsata olmasliklari kerak. Xorijiy diniy taşkilot mamlakatimiz içki siyosati va muhitiga umuman aralaşa olmaydi. Rossiyani FeTOçilardan tozalaş kerak”, - dedi Sputnikka bergan intervyusida Avatkov.

Putin-Erdöğan uçraşuvida FeTO masalasi ham muhokama qilindi

"Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Erdöğan örtasida bölib ötgan uçraşuv haqida fikr bildirgan Avatkov, “Mazkur uçraşuvlarda nafaqat iqtisodiy sohalarda balki xavfsizlikni ta'minlaş borasida ham ikki tomonlama hamkorlik qiliş masalalari körib çiqildi. Muzokaralarda Suriya muammosi va ba'zi taşkilotlarni teroristik taşkilot sifatida qabul qiliş masalalari ham muhokama qilindi. Uylaymanki, mazkur uçraşuvda FeTO masalasi ham körib çiqilgan", - dedi Avatkov.  

Rossiya FeTO xavfini 10 yil oldin sezgan edi

“Rossiya Gulenga tegişli tuzilmalarning qançali xavfli ekanligini taxminan 10 yil avval sezgan va darrov çora körgan. Rossiya uşbu tuzilmalarni salbiy va xavfli omil sifatida körmoqda. Ularning faoliyatlari natijasida Rossiya parçalanişi mumkin. Uşbu tuzilmalar “xalqlar döstligi” va “tolerantlik” kabi masallar bilan qornimizi töydirişlari mumkin. Lekin kelajakda nimalar bölişi mumkinligini idrok etişimiz kerak. Turkiyadagi mavjud holatni e'tiborga olişimiz  lozim. FeTO Turkiyaning içki siyosatiga salbiy ta'sir körsatmoqda. AQŞ ham bu xavfni hali ham idrok eta olgani yöq. AQŞ FeTOçilardan öz manfaatlari yölida foydalanaman, deb öylamoqda. Lekin aslida FeTOçilar öz manfaatlari uçun AQŞdan foydalanişi mumkin”, – deya davom etdi Avatkov.

Rossiya va Turkiya FeTOga qarşi hamkorlikda kuraşişi mumkin

Rossiya va Turkiyaning FeTOga qarşi birgalikda kuraşişi zarurligini ta'kidlagan Avatkov şunday dedi: “Bu Rossiya bilan Turkiyaning içki va taşqi siyosati nuqtai nazaridan juda muhim. Rossiya özining içki va taşqi siyosati istiqboli yuzasidan FeTOni teroristik taşkilotlar ruyxatiga olişi mumkin. Bu yerda özaro hamkorlik nuqtai nazaridan keng manyovr maydoni vujudga keliş ehtimoli bor. Rossiya va Turkiya bu yerda özaro kelişuvga erişadigan bölsa, ilk qadamlar ham taşlanadi. FeTO masalasi borasida Rossiya bilan Turkiya örtasida jiddiy ma'noda hamkorlik örnatilişi mumkin. Uşbu hamkorlik esa Rossiya-Turkiya munosabatlariga ijobiy ta'sir körasatadi”.