Sport | 06:58 / 24.09.2016
8043
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U-16 KXDRni mag‘lub qildi hamda guruh g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

Hindistonda davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi.

“D” guruhi ishtirokchilari guruh o‘yinlarini yakunlab berishdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur turda KXDRga qarshi bahs yuritdi. Guruh g‘olibligi uchun kechgan o‘yinda Temur Olimxo‘jayev shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan keyin terma jamoa guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Tailand va Yaman o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

KXDR – O‘zbekiston – 1:3

Gollar: Jasurbek Umrzoqov 49, - 0:1. Rasul Yo‘ldoshev 62, - 0:2. Ibrohim G‘anixonov 68, - 0:3. Ri Kang Guk 75, - 1:3.

 

Tailand – Yaman – 1:1

manba:tribuna.uz

Mavzuga oid