12 avgust kuni Toşkentda «Zakovat» intellektual öyinining birinçi Osiyo oçiq çempionati start oldi.
Ikki kun davom etadigan yirik turnirda Özbekiston, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozoğiston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirğiziston, Tojikiston, Rossiya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa ğoliblik uçun kuraş olib boradi.
«Zakovat» öyinining sport versiyasi umumiy sovrin jamğarmasi 200 million sömni taşkil qiladi. Ğolib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi: 1-örin - 100 million söm, 2-örin 60 million söm, 3-örin - 40 million söm.
Oçiq çempionat doirasida breyn-ring turniri ham ötkazilib, uning ğoliblariga Çempionat kubogi topşiriladi.
Musobaqaning barça asosiy öyinlari intellektual öyinlar uçun maxsus möljallangan noyob inşoot – «Zakovat Arena»da ötkaziladi.
«Zakovat» öyini sport versiyasi böyiça Osiyo çempionatining birinçi kungi bahslari yakunlariga köra, Rossiyaning Eclipse jamoasi birinçi, Rossiya va Qozoğistonning «Basenji» jamoasi ikkinçi, Rossiyaning «Borskiy korabl» jamoasi uçinçi örinni egallab turibdi.
«Zakovat» böyiça Özbekiston çempioni «Misteriya» va «Basenji» (Rossiya-Qozoğiston) jamoalari «Breyn-ring» öyini finaliga çiqdi.




















