Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda paralimpiya sovrindorlari tantanali kutib olindi
Bugun Andijon temir yo‘l vokzalida Rio -2016 paralimpiya musobaqalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Andijonlik sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoatchilik vakillari, faol yoshlar va jurnalistlar ishtirok etdilar.
Ma'lumki, Rio – 2016 paralimpiya musobaqalarida Andijonlik sportchilardan Muslima Odilova sportning suzish turi bo‘yicha 2 ta kumush, Shohsanam Toshpo‘latova va Muzaffar Tursunxo‘jayevlar hari biri 2 tadan bronza, yengil atletika bo‘yicha Mansur Abdurashidov bronza, ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha Safiya Burxonova kumush va brass usulida suzish bahslarida Firdavs Musabekovlar oltin medallarni qo‘lga kiritdilar.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov paralimpiya sovrindorlarini erishgan yutuqlari bilan qutlab, sportchilar va ularning murabbiylariga minnatdorchilik bildirdi. Har bir sovrindor sportchi va murabbiylarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘z olgan chempion sportchi Firdavs Musabekov erishilgan yutuqlar yurtimizda yosh avlod tarbiyasi va sportga berilayotgan yuksak e'tibor natijasi ekanligi haqida gapirdi.
















Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
17:24 / 01.01.2026
Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025