Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni AQShning 11 sentabrdagi terakt bo‘yicha qirollikka da'vo arizalari berishga ruxsat beruvchi qonunini qoraladi
Saudiya Arabistoni hukumati 2001 yil 11 sentabrda AQShda sodir etilgan terakt qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan da'vo arizalari berishga ruxsat beruvchi qonunini qoraladi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qonun qirollik hukumatida jiddiy xavotir uyg‘otdi.
"Yuzlab yillar xalqaro munosabatlar negizi hisoblangan davlat suvereniteti asoslariga putur yetkazish barcha davlatlarga, shu jumladan AQShga ham salbiy effekt ko‘rsatadi", deb aytdi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligidagi manba.
Shu bilan birga manba donolik ustun kelib, yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy kutilmagan oqibatlardan qochish uchun AQSh kongressi bu qonunni to‘g‘rilash uchun zarur choralarni qabul qilishiga umid bildirdi.
Avvalroq AQSh senati AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan bu qonunga qo‘yilgan taqiqlovni yengib o‘tgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026