Xitoy «Şençjou-11» kemasini 17 oktabr kuni uçiradi. Reuters xabariga köra, xitoylik ikki kosmonavt Xitoy Xalq Respublikasi uçun rekord darajadagi vaqt — 30 kun davomida koinotda böladi.
Xitoyning Uçuvçili kosmik parvozlar dasturi vakili U Pinning ma'lumotiga köra, şu orqali mamlakat 2022 yilgaça kosmosda inson yaşaşini ta'minlovçi stansiyasi barpo etilişi böyiça rejasida navbatdagi qadamni taşlaydi. Dastur vakilining aytişiça, «barça tayyorgarlik jarayonlari ötib bölgan».
Long March-2 °F («Çançjen-2Ef») eltuvçi raketasining parvozi 17 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 07:30 (Toşkent vaqti bilan 04:30) ga belgilangan. U şimoli-ğarbiy Gansu provinsiyasidagi Tszyutsyuan kosmodromidan uçiriladi. Ayni paytda texnik xizmatlar eltuvçi raketaga yoqilği quyiş işlariga kirişgan. Kema bortida kosmonavtlar Tszin Xaypen va Çen Dun böladi. 50 yoşli ekipaj komandiri Tszin Xaypen uçun bu koinotga uçinçi parvoz hisoblanadi.

«Şençjou-11» uçirilganidan söng ikki sutka davomida kosmonavtlar qurilmani Yerdan 393 km balandlikda «Tyangun-2» laboratoriyasi moduliga biriktiriş böyiça missiyani bajaradi, u yerda ekipaj 30 kunni ötkazadi. Bu XXR uçuvçili kosmik parvozlar dasturi uçun rekord körsatkiçga aylanadi. Kosmonavtlarga orbitada qator eksperimentlarni ötkaziş vazifasi qöyilgan.
2017 yilning aprelida Xitoy labaratoriyaga özining ilk yuk kemasi «Tyançjou-1»ni jönatadi, u bu yerga yonilği va boşqa kerakli narsalarni yetkazib beradi.
Xitoyning birinçi kosmik qurilmasi «Tyangun-1» 2011 yilning sentabrida işga tuşirilgan. 2016 yilning mart oyi oxirlarida «Tyangun-1» öz vazifalarini bajarişni töliq töxtatdi. U 1630 kun orbitada böldi. Modul rejadagidan ikki yarim yil köp xizmat qildi. «Tyangun-1» 2017 yilning ikkinçi yarmida Yer atmosferasiga tuşişi kutilmoqda, hozirda u belgilangan orbitada qolmoqda.
Sentyabr oyida Xitoyning «Tyangun-2» kosmik labaratoriyasi orbitada sinov ötkazişni boşlagandi.










