O‘zbekistonda biznesni rejasiz tekshirishning barcha turlari bekor qilindi

O‘zbekistonda 2017 yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishning (yuridik shaxs tugatilishi) barcha turlari bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining 2016 yil 29 dekabridagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 418-sonli qonuniga muvofiq mamlakatning Soliq kodeksiga soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibiga doir o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi.
Kodeksdagi o‘zgarishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. Yangi tahrirga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga nisbatan ikki turdagi soliq tekshiruvi o‘tkaziladi: rejaga muvofiq va rejadan tashqari.
Rejali tekshiruvlar - nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar rejasi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar.
Rejasiz tekshiruvlar - yuridik shaxsning tugatilishi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishiga doir murojaatlari asosida, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori bilan o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar.
Shuningdek rejasiz soliq tekshiruvlarini o‘tkazish asoslariga muayyan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Bundan tashqari, Soliq kodeksiga muqobil tekshirishlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq tahrirlar ham kiritilgan.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev oktabr oyida Toshkent shahrida tadbirkorlar oldida chiqish qilarkan, turli sabablar bilan o‘tkazilgan va aksariyat hollarda asossiz bo‘lgan tekshiruvlar mamlakatdagi biznes rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlab o‘tgandi.
RIA Novosti’ning DSQ ma'lumotlariga asosan xabar berishicha, O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 4 ming rejasiz tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lib, taxminan 200 korxonaning faoliyati to‘xtatilgan. Bundan kelgan umumiy zarar esa yiliga deyarli 10 million dollarni tashkil qilgan.
Parpiyev endilikda soliq organlari xodimlarining farmonni ijro etishlarini shaxsan nazoratga olishi, hujjatlarni prokuraturaga yuborishi va qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qilishi haqida ma'lum qilgan.
Sputnik nashrining respublika Bosh prokuraturasi ma'lumotlariga asosan xabar berishicha, 2015 yilda huquqni muhofaza qilish organlarining taxminan 100 xodimi tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025