Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida joylashgan bu stela O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining do‘stligi timsoli bo‘lib, uning ochilishi 31 mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tdi. Uch mamlakat rahbarlari videoaloqa orqali “Do‘stlik” stelasini ochib berdi. Kun.uz muxbiri stela joylashgan hududda bo‘lib, reportaj tayyorladi.
“Do‘stlik” stelasining aynan O‘zbekiston tumanida bunyod etilishiga sabab bor. Tuman Qirg‘izistonning Botken tumani, Tojikistonning Isfara tumani bilan chegaradosh.

O‘zbekiston tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Ismoilovning aytishicha, stela 21 kunda qurib bitkazilgan:
“Stela O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari bitta nuqtada kesishgan chegara hududida do‘stligimiz ramzi sifatida qurildi. Stelada qo‘ni-qo‘shnichilik, o‘zaro munosabatlarimiz ramzi mujassam.

Stelani ko‘rish uchun Qirg‘iziston, Tojikiston hamda turli viloyatlardan kelgan fuqarolar prezidentimizni qo‘ni-qo‘shnichilik asosida olib borayotgan siyosatlari qay tariqada, qanday asosda ketayotganligining guvohi bo‘lishyapti.

“Do‘stlik” stelamiz judayam qisqa fursatda aniqroq aytadigan bo‘lsam, 21 kun ichida qurib bitkazildi. O‘zbekiston tumanining O‘qchi mahallasidan stelagacha masofa 17 kmni tashkil qiladi”, – deydi hokim o‘rinbosari.
Mavzuga oid
09:33 / 09.01.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
12:44 / 07.01.2026