Afğoniston poytaxti Kobul şahri ğarbidagi qorli toğ çöqqisida mahalliy qizlar guruhi uşu bilan şuğullanib, kung-funing qadimiy turi bilan ötkir tiğlar yordamida maşq qilişmoqda.
Kamdan-kam qizlarning sport bilan şuğullanişiga imkon beriluvçi mamlakatda “Şaolin” uşu klubi bu hududda istiqomat qiluvçi hazarlar uçun istisno tariqasida faoliyat yuritadi.

20 yoşli jangovar san'atlar böyiça murabbiy Sima Azimiyning aytişiça, uşu özini-özi himoya qilişga yordam berib, tana va ruhiyat uçun foydalidir.
U Eronda sport bilan şuğullanib, musobaqalarda oltin va bronza medalni qölga kiritgan, söng Kobulda bir yillik tahsil oliş kursini tamomlagan. Uning otasi qizini sport bilan şuğullanişga ilhomlantirgan.

"Men afğonistonlik qizçalar bilan ular yanada kuçliroq bölişi uçun işlayman. Menga ularning omadga erişayotgani juda yoqadi. Kelajakda qizlarning xalqaro musobaqalarda qatnaşib, öz mamlakatlariga oltin medallar keltirişlarini rejalaştirganmiz".
Afğonistonda turli jangovar san'atlar yönalişlari juda ommabop bölib, biroq bu mamlakatda ayollarga nisbatan ança qat'iy munosabatda bölinadi. Şu sababdan "Şaolin" uşu klubidagi qizlar jamiyat tomonidan turli tuşunmovçiliklarga uçraşadi.

"Biz töqnaş kelayotgan eng katta sinov – bu himoyalanmaganlik hissi, - deydi 18 yoşli qiz Zuhra Timoriy. – Biz aksariyat vaziyatlarda xavfsizlik nuqtai nazaridan maşqlar ötkaziluvçi zallarga ham bora olmaymiz".
Uning dugonasi Şakila Murodiyning sözlariga köra, sport Afğonistonga tinçlikni qaytarişiga işonadi. "Atrofimizda bizni kamsitmoqçi bölgan kişilar juda köp, biroq biz bunga e'tibor bermay, yanada kuçliroq bölişga harakat qilmoqdamiz".

Maşqlar ba'zi hollarda Avstraliyaga 1999 yilda köçib ketgan va kaskadyor sifatida işlay boşlagan jangovar san'atlar böyiça mahalliy çempion Hussayn Saddiqiy suratlari bilan bezatilgan sport zalida ötkaziladi.












