Afğonistonni boşqarayotgan «Tolibon» hukumati 2025 yilda elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça Özbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan şartnomalar imzoladi.
Afğonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) davlat energetika kompaniyasi 17 dekabr kuni Özbekiston bilan elektr energiyasi importi böyiça kelişuv muddatini 2025 yil oxirigaça uzaytirganini e’lon qildi. Bitim Özbekistonda DABS boş direktori Abdulboriy Umar va «Özenergosotiş» AJ boşqaruvi raisi Jahongir Obidjonov tomonidan imzolandi.
Ta’minotning hajmi va narxi, şuningdek, kelişuvning boşqa tafsilotlari oşkor etilmadi.
«Tolibon» noyabr oyi oxirida Tojikiston bilan va 7 dekabr kuni Turkmaniston bilan elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça kelişib olgan edi.
Afğoniston Energetika va suv resurslari vazirligining statistik ma’lumotlariga köra, mamlakatning elektr energiyasiga bölgan talabi 1500 MWt'ni taşkil qiladi. Şundan 720 MWt'ga yaqini import qilinsa, qolgani mamlakatda işlab çiqariladi.

















