AQŞning Arkanzas ştati oliy sudi ştat hukumatiga 12 yillik tanaffusdan söng ölim jazosini ijro etişni tiklaşga ruxsat berdi. Bunday qaror juma kuni çiqarilgan.

Ruxsat Qöşma Ştatlar oliy sudi Arkanzasdagi ölim jazosini kutayotgan mahbuslarning himoyaçilari tomonidan berilgan şikoyatni körib çiqişdan boş tortgaç, berildi. Ştatda hammasi bölib sakkizta şunday mahbus bor. Ular Arkanzasda 2005 yilda joriy etilgan ölim jazosiga vaqtinçalik moratoriyni çözişni talab qilişdi hamda bunday jazoni amalga oşirişda qöllaniladigan zaharlovçi modda jinoyatçilarga “çidab bölmas oğriq” keltirayotganini ma'lum qilişdi. Bundan taşqari, da'vogarlarning bildirişiça, ştatda bunday preparatlarni tayyorlovçi hamda sotuvçi firmalar nomini oşkor etişga qöyilgan taqiq qonunga xilofdir. 

Sud ölim jazosini qöllaşga rozi bölganidan söng, Arkanzas boş prokurori Lesli Rutlej ştat gubernatoriga barça sakkiz nafar mahbusga nisbatan ölim jazosini ijro etiş muddatini aniqlaş haqida rasmiy murojaat yubordi.

Şu bilan bir qatorda, ştat hukumati olingan ruxsatga qaramay, jinoyatçilarni inʼeksiyalar uçun kerakli dori vositalarisiz qatl eta olmaydilar. Associated Press agentligining xabar berişiça, hukumatda bor bölgan “ölim ukoli”ga kerakli bölgan tarkibiy qismlardan birining amal qiliş muddati joriy yilning 1 yanvar kuni öz nihoyasiga yetdi, şuning uçun undan foydalanib bölmaydi. Yangi preparat qaçon xarid qilinişiga esa oydinlik kiritilmagan.

Arkanzas 2005 yildan beri mamlakatdagi oliy jazoga hukm qilinganlarni hayotdan mahrum etmaydigan janubiy ştatlar içidagi yagonasi bölib qolayotgandi. Bunga öldiruvçi inʼeksiya bilan qatl etiş borasidagi bir neça yillar davom etgan sud jarayonlari, şuningdek uning uçun kerakli bölgan zaharlovçi moddalarning yetişmovçiligi sabab bölgan.

Sönggi yillarda AQŞning köplab ştatlari bunday turdagi zaharlar yetişmovçiligi bilan duç kelişdi. Bu uşbu moddalar işlab çiqaruvçi Yevropa korxonalari ularni AQŞga yetkazib berişni töxtatib qöygani tufayli röy berdi – ular ölim jazosiga qarşi çiqişmoqda.