AQŞ Özbekiston Ösimliklarni himoya qiliş va karantini agentligiga 205 ming dollarlik laboratoriya jihozlarini topşirdi.
19 noyabr kuni Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Ösimliklarni himoya qiliş va karantini agentligiga AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan (USAID) 205 ming dollarlik laboratoriya uskunalari topşirildi.
AQŞ elçixonasi xabariga köra, yangi uskunalar agentlikning Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ösimliklarning salomatligini tahlil qiliş imkoniyatlarini oşirib, Özbekistonning xalqaro qişloq xöjaligi standartlariga, xususan, Xalqaro ösimliklarni himoya qiliş konvensiyasi (IPPC) doirasidagi talablarga muvofiqligini ta’minlaydi.
Jihozlar IPPC doirasida laboratoriyalarni akkreditatsiyadan ötkazişda muhim rol öynaydi, bu esa diagnostika xatolarini kamaytiriş va ösimliklarning soğligini tahlil qiliş jarayonlarini tezlaştirişga yordam beradi. Bu Özbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va ösimliklarni himoya qilişni yaxşilaş hamda xalqaro hamkorlar bilan savdo standartlarini oşiriş yölida muhim qadam hisoblanadi.
Ösimliklarni himoya qiliş va karantini agentligi 2021 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida taşkil etilgan. Unga tuproqni agrokimyoviy tahlil qiliş va öğit sifatini nazorat qiliş, ösimliklar klinikasi va biologik laboratoriyalarni rivojlantiriş, daraxt, buta va gullarni zararkunandalardan himoya qilişni nazorat qiliş kabi vazifalar yuklangan.

















