Turkiya terrorçilar va fitnaçilar faoliyatiga konstitutsiyani yangilaş orqali yakun yasaşi mumkin. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binali Yildirim tuzatişlar kiritiş haqidagi referendumdan avvalgi hukmron adolat va rivojlaniş Partiyasi taşviqot kampaniyasining rasmiy boşlanişi vaqtida ma'lum qilgan.
"Mamlakatimiz uçun bu özgarişlar tarixiy ahamiyatga ega. Hokimiyat mustahkamlanadi, töntarişlar, ta'sir ötkazişlar ortda qoladi. Tuzatişlar sabab byurokratiya kamayadi, yangi tizim (prezidentlik) esa terrorçilik, fitnaçilarni yöq qiladi. Tuzatişlar terrorni ta'minlab turadigan tomirlarni kesadi, ular yöqoladi", - deya aytib ötdi adolat va rivojlaniş Partiyasi rahbari sanaluvçi boş vazir. Uning sözlariga köra, yangi hokimiyat tizimi “Turkiyada siyosiy inqirozlar ehtimolini yöqotib va murosa madaniyatini oşiradi”.
Yildirim tadbirda yiğilgan partiyaning 40 ming a'zosiga referendumga olib çiqilgan 18ta tuzatişlar haqida aytib berdi hamda keyingi prezidentlik va parlament saylovlari reja böyiça 2019 yilda ötkazilişini ta'kidlab ötdi. "Agarda ovoz berişda tuzatişlar ma'qullansa, Toyyib Erdöğan yangi hokimiyat tizimi şaroitida prezident böladi. Ikkita tuzatiş darhol kuçga kiradi, ular davlat rahbarining partiya a'zoligini saqlab qoliş hamda hakamlar va prokurorlar Oliy kengaşi tuzilmasini özgartirişni nazarda tutadi. Bizda qolgan özgarişlarga tayyorgarlik köriş uçun hali vaqt bor", - dedi u.
Anqaradagi sport arenasida bölib ötgan uşbu tadbir adolat va rivojlaniş Partiyasi taşviqot kampaniyasining rasmiy boşlaniş nuqtasi sanaladi, u 15 aprelga qadar davom etadi. Referendumning özi esa 16 aprel kuni bölib ötadi. Bugun esa partiya kampaniyaning asosiy şiorlari, taşviqotning audiovizual materiallari, promofilmlarni taqdim etdi.
Taklif etilayotgan özgarişlarga köra, prezidentlik boşqaruv şakli kiritilmoqda, davlat rahbari vakolatlari kengaymoqda, u şuningdek, hukumat rahbariga ham aylanadi. Boş vazir lavozimi esa tugatiladi. Prezident vitse-prezident, vazirlar, hakamlar va prokurorlar Kollegiyasi a'zolarining bir qismini tayinlaş huquqini qölga kiritadi. U parlament tasdiğisiz kuçga kiruvçi farmonlar çiqarişi ham mumkin, garçi bu farmonlar konstitutsiya holatining bir qisminigina qamrab oladi va parlamentning qonunçilik vakolatlari sohasi bilan ixtilofga kirmasligi darkor.
Biroq parlament ham prezident va hukumat işi ustidan nazorat böyiça katta vakolatlarni olmoqda, ular içida davlat rahbariga qarşi parlament suriştiruvlarini ötkazişni taşkil etiş ham bor. Bundan taşqari, prezidentning aksariyat farmonlari keyinçalik parlamentda ma'qullaş jarayonidan ötişi lozim yoki ularning harakati bekor qilinadi.












