Tasavvur qilib köring-a, siz sement işlab çiqaruvçi ulkan zavodning egasi böldingiz. Agar bu katta zerikarli binoni qanday özgartiriş borasida ğoyalaringiz bölmasa, ispaniyalik me'mor Rikardo Bofilldan örnak oling. U özi, oilasi va jamoasi uçun zerikarli fabrikadan noyob qasr yaratişga muvaffaq böldi. "Layf" şu mavzudagi maqola va suratlarini taqdim etdi.

1973 yilda ispan me'mori Rikardo Bofill Barselona yaqinida joylaşgan, Birinçi jahon uruşi davridan qolgan sement zavodini sotib oldi.

U binoning salohiyatini darhol köra bildi va uni uyga aylantira boşladi.

Bir neça yillik rekonstruksiya işlaridan keyin quruvçilar jamoasi intererga işlov beriş hamda uni zamonaviy turar-joyga aylantirişga kirişdi.

Binoni taşqarisidan ösimliklar bilan bezatişga qaror qilingan va hozir u deyarli butkul gullar hamda ösimliklar bilan qoplangan.

Içki tuzilma töliq qayta işlanib, yorqin va ajoyib uyga aylantirildi.

"Tsement fabrikasi - did bilan işlaş kerak bölgan joy", - deb yozadi özining rasmiy saytida Bofill.

Har bir xona dizayni u yerda qanday vazifa bajaralişidan kelib çiqib işlangan. Inşootda ikkita bir xil xona yöq.

"Men yopiq koinotda hayotning qaynayotganini his qilyapman, u meni taşqaridagi kundalik taşvişlardan himoya qiladi", - deb yozadi me'mor.

"Bu yerda hayot iş va dam oliş örtasidagi kiçik farq bilan uzluksiz ketma-ketlikda boradi".

Bino hududida dam oliş uçun köplab qulay joylar bor.

Iş maydoni — bu binoning asosiy zonalari, şuning uçun Bofill jamoasi ularning bir qismidan studiya sifatida foydalanadi.

Taşqarida sanoatdan darak beruvçi heç narsa qolmagan: devor va tom qismlari maysalar bilan qoplangan, binoning özi esa evkalipt, palma va zaytun daraxtlari bilan öralgan.

Bularning barçasi binoga ğaroyib va betakror tus beradi.

Oşxona binoning pastki qavatida joylaşgan bölib, u oilaning barça a'zolari körişadigan joy hisoblanadi.

Ğaroyib özgarişlarga qaramay, zavod işlaşda davom etmoqda.

La fábrica doim işlaydi, bu unga öziga xos joziba bağişlaydi, axir.

Tasavvur va harakat bölsa, har qanday binoni noyob inşootga aylantiriş mumkin.











