Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal vatanidagi Malaga şahrida bölib ötgan Devis Kubogi musobaqasida iştirok etib, professional faoliyatini yakunladi.

Nadal sönggi bahsida niderlandiyalik tennisçi Botik van de Zandşulpga (4:6, 4:6) imkoniyatni boy berdi. Nadal Devis Kubogining yakkalik bahslarida 20 yil içida birinçi marta mağlub böldi, bungaça ketma-ket 29 bahsda ğalaba qozongan edi.

«Bu mening oxirgi öyinim ekani qaysidir ma’noda yaxşi böldi. Men Devis Kubogidagi birinçi öyinimda mağlub böldim va oxirgi öyinda ham mağlub böldim. Şunday qilib, biz davrani yopamiz», dedi Nadal öyindan söng.

Niderlandiya Ispaniyani 2:1 hisobida mağlub etganidan söng Nadalning faoliyati yakunlandi.

Malagadagi stadionda Nadal şarafiga tantanali marosim bölib ötdi. Jamoatçilikka murojaati çoğida tennisçi öz oilasi va professional faoliyati davomida uni qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorçilik bildirdi.

«Haqiqat şundaki, siz heç qaçon bu nuqtaga borişni xohlamaysiz. Men tennis öynaşdan çarçamadim, lekin tanam öynaşni istamayapti va buni qabul qiliş kerak», dedi Nadal.

38 yoşli Rafael Nadal - eng nomdor tennisçilardan biri. U tarixda «Oltin dubulğa» töplagan birinçi tennisçi böldi, ya’ni yakkalik va juftlik bahslarida «Katta dubulğa»ning barça turnirlarida ğalaba qozondi va Olimpiada oltin medalini qölga kiritdi.