Jahon | 19:11 / 07.03.2017
16298
2 daqiqa o‘qiladi

Hayot uchun kurash: shimoliy oq karkidon yo‘qolib ketish yoqasida

Keniya maxsus harbiy bo‘linmasi Sudan laqabli shimoliy oq karkidonni kecha-yu kunduz qo‘riqlaydi. Gap shundaki, ushbu noyob turdagi sut emizuvchi hayvon dunyoda yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgani hayvonot olami himoyachilarining jiddiy tashvishiga sabab bo‘lmoqda. 

Keniya maxsus bo‘linma harbiylari oq karkidon bilan. Foto: Epicure & Culture

2017 yil 6 mart holatiga ko‘ra, ushbu turdagi hayvondan atigi uchta qolgan bo‘lib, ularning ikkitasi urg‘ochi va yana biri Sudan laqabli erkak karkidondir. Olimlarning fikricha, endilikda bu hayvonlar tabiiy ravishda ko‘paya olishmaydi, chunki Sudan 44 yoshda bo‘lib, u keksaygan hisoblanadi. Bundan tashqari, u urg‘ochi karkidon bilan juftlashishi uchun tanlaganini jangda mag‘lub etishi kerak. Ekrak karkidon urg‘ochilariga nisbatan ancha qariligi hisobga olinsa, buning ham iloji yo‘q, deyishmoqda olimlar. 

Shunga qaramay, harbiylar Sudanni brakonerlardan qo‘riqlashmoqda. Chunki, olimlar Sudandan boshqa turdagi karkidonlarni (xususan, qora karkidonni) sun'iy urchitishda foydalanishni rejalashtirishmoqda. 

Ta'kidlanishicha, so‘nggi 50 yil davomida dunyodagi karkidonlar soni 100lab marta kamaygan. Bunga ularning shoxiga bo‘lgan talabning yuqoriligi hamda qora bozorda uning bir kilogrammi 75 ming dollargacha baholangani sabab bo‘lgan. 

Shu bilan birga, mutaxassislar kelgusida sun'iy yetishtirish texnologiyasi shimoliy oq karkidonlarni yangidan dunyoga keltirish mumkinligini ham rad etishmayapti.

Mavzuga oid