Keniyalik 30 yoşli sportçi Rut Çepngetiç 13 oktyabr, yakşanba kuni Çikago marafonida ğalaba qozonib, ayollar örtasida 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija qayd etib, yangi jahon rekordini örnatdi.
U 2023 yil sentabr oyida Berlin marafonida efiopiyalik yuguruvçi Tigist Assefa tomonidan örnatilgan avvalgi rekordni bir daqiqa-yu 56 soniyaga yangilagan.
Erkaklar örtasida rekordçi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum bölib qolmoqda.
Çepngetiç marafonda 2019 yilgi jahon çempioni hisoblanadi. Bundan taşqari, 2021 yil aprel oyida Istanbulda yarim marafon masofasida jahon rekordini örnatgan edi – 1 soat 4 daqiqa 2 soniya.












