O‘zbekistonda mehnat munosabatlarida qanday o‘zgarishlar yuz bermoqda?
“Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat markazida o‘tkazilgan seminar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” va “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga bag‘ishlandi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Nodira Karimova o‘z ma'ruzasida mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishida Respublika, tarmoq va hudud darajasidagi davlat organlarining vazifalari hamda mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga xodimning ham mas'uliyati oshirilishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish hamda kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatini o‘sishiga sabab bo‘lishi, ish beruvchilarning mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish maqsadida tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravishda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini audit qilish mexanizmi joriy etilishi masalalariga to‘xtaldi.
Qonunda jamoaviy himoya vositalari, zararli ishlab chiqarish omili, ish o‘rni, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, noqulay ishlab chiqarish omillari, xavfli ishlab chiqarish omili, shaxsiy himoya vositalari kabi tushunchalarga atroflicha ta'rif berildi.
Mehnat muhofazasiga doir yangi bosh hujjatda mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi talablari ham kiritilgan bo‘lib, bu mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasini o‘tkazish orqali xodimlarga zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini, xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshirilishi belgilanib qo‘yilgan.
O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini samarali tartibga solish, uning sub'yektlari huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi hamda “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining ma'qullangani muhim ahamiyatga egadir.
Qonunga o‘zgartishlar kiritilishi kasaba uyushmalarining huquqiy himoya funksiyalarini ham kuchaytirdi. Xususan, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan va samarali vositasi sifatida sudga da'vo arizasidan tashqari sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqi kiritildi.
Ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmalarining mehnat qonunchiligi talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida kiritgan taqdimnomasini ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirildi. Shu bilan birgalikda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya funksiyalari ham kuchaytirilib, xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining rolini oshirishga qaratilgan mexanizmlar mustahkamlandi. Ta'kidlash zarurki, Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar ijtimoiy-mehnat sohasida kasaba uyushmalari faoliyati erkinligi kafolatlarini mustahkamlaydi. Fuqarolarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari himoyasini kuchaytiradi hamda ijtimoiy-mehnat sohasida qonuniylikni ta'minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida seminar qatnashchilari tomonidan berilgan bir qator savollarga mutaxassislar o‘z javoblarini berishdi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024