Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen sönggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Özbekiston tomonidan yölga qöyilgan hamkorlikning 3 ta asosiy yönalişiga töxtalib ötdi. «Özbekiston va Yevropa ilgari misli körilmagan darajada bir-biriga yaqinlaşdi» — dedi u «Özbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari» biznes-forumining oçiliş marosimidagi videomurojaatida.
Bugun, 6 noyabr kuni, Toşkentda Yevropa-Özbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan 2024 yilgi Yevropa iqtisodiy kunlarining oçilişi bölib ötdi.

Tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston va Yevropa Ittifoqining 300 dan ortiq hukumat va işbilarmon doiralari vakillari iştirok etdi. Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen iştirokçilarga yöllagan videomurojaatida sönggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Özbekiston tomonidan yölga qöyilgan hamkorlikning 3 ta asosiy yönalişlariga töxtalib ötdi.

«Asrlar davomida Özbekiston global savdoning «urib turgan yuragi» bölib kelgan. Yevropalik savdogarlar kiyim-keçak va kulolçilik buyumlarini xarid qiliş uçun Samarqand, Buxoro va Xivaga kelişgan.
Ular sizning haşamatli saroylaringiz, maftunkor manzaralaringiz va rang-barang madaniyatingiz haqidagi hikoyalar bilan qaytişgan. Bugun Özbekiston yana dunyoga oçilmoqçi
Sönggi yillarda Özbekiston va Yevropa ilgari misli körilmagan darajada bir-biriga yaqinlaşdi. Bu borada uçta misol keltirmoqçiman:
Birinçisi savdoga oid. 2021 yildan boşlab biz özbek mahsulotlari uçun Yevropa bozorini oçdik. Özbekiston eksporti, xususan, töqimaçilik va metallurgiya sohasida jadal sur’atlar bilan ösdi. Ösiş uçun yanada ulkan salohiyat mavjud.
Ikkinçisi – investitsiyalar sohasida. «Global darvoza» dasturimiz orqali biz sizning dunyo bilan özaro boğliq böliş maqsadingizni qöllab-quvvatlaymiz. Xalqaro şeriklarimiz bilan birgalikda Yevropadan Şarqiy Osiyoga eng qisqa va xavfsiz yönaliş bölgan Transkaspiy yölagiga 10 milliard yevrogaça investitsiya kirityapmiz. U Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kundan kamroq vaqt içida boğlaşga imkon beradi.
Şuningdek, mamlakatingizning eng çekka hududlariga eng zamonaviy raqamli aloqani yetkazib beriş uçun Özbekistonni sun’iy yöldoş tarmoğimizga ulaş ustida işlamoqdamiz. Özbekiston qit’alarimiz çorrahasida joylaşgan va global aloqalarimiz markazida bölişi lozim.













