TIKAning Özbekistondagi vakolatxonasi Rahbari Professor Suleyman Qiziltoprak Turkiya va Özbekiston örtasidagi diplomatik aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan, uşbu taşkilotning mamlakatdagi faoliyati xaqida Turkiyaning Anadolu Agentligi (AA) muxbiriga intervyu berdi.
Qiziltoprak intervyusini Turkiya va özi uçun Ota yurt deb bilgan Özbekiston örtasida tarixiy aloqalar, muştarak madaniyat va çuqur ildizlar borligini e'tirof etgan holda, özi faoliyat olib borayotgan Agentlikning asosiy maqsadi - kun sayin çiroy oçayotgan Özbekistonning rivojlanişiga va ikki davlat örtasidagi aloqalarning mustahkamlanişiga xizmat qiliş va özbek qardoşlarining hurmatiga sazovor böliş ekanligini ta'kidladi.
Özbekistonning mustaqillikka erişganidan keyin, 1994 yil 20 mayda, Turkiya Jumhuriyatining, mazkur mamlakat elçixonasi ortidan, Özbekistonda Turkiyaning rasmiy davlat organi sifatida öz faoliyatini boşlaganliklarini eslatgan holda janob Qiziltoprak, TIKA döst va qardoş özbek xalqining hurmati va maqtoviga loyiq körilganliklarini ma'lum qildi.
23 yil davomida kamtarona maqsadlar ila tamal toşi qöyilgan döstlik va hamkorlik doirasida TIKA tomonidan Özbekistonning taraqqiyoti yölida amalga oşirgan faoliyatlarining – soğliqni saqlaşdan ta'limga, qişloq xöjaligidan maişiy xizmatga, oziq-ovqatdan örmon xöjaligiga, turizmdan san'at-adabiyotgaça bölgan keng qamrovli sohalardagi loyihalar bilan jarayon etayotganligini ta'kidlagan Vakolatxona Rahbari, “TIKAning mazkur mamlakatdagi strategiyasi – Özbekistonning öz salohiyati va imkonlari borasida qiyinçilikka duç kelgan yönalişlariga kömak berişdan iborat” ekanligini aytib ötdi.
Janob Qiziltoprak, TIKAning Özbekistonda amalga oşirgan muhim loyihalari orasida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş Vazirligi Gematologiya va qon quyiş ilmiy tadqiqot Instituti qoşidagi Suyak iligi transplantatsiyasi Markazini zamonaviy tibbiy jixozlar bilan jihozlaş, Bolalar uçun Plastik jarrohlik amaliyotlari, Respublika Ginekoligiya va akuşerlik ixtisoslaştirilgan ilmiy Markaz qoşida Simulyatsiya öquv markazi taşkil qiliş bilan boğliq loyihalar borligini tilga oldi va TIKA tomonidan sönggi 3 yilga qadar yiliga örtaça 20 atrofida loyiha amalga oşirilib kelingan bölsa, 2016 yilda bu miqdor 46ga yetganligini, 23 yillik faoliyat doirasida esa jami 700ga yaqin katta-kiçik loyiha muvaffaqiyat bilan yakunlanganligini ta'kidlab ötdi.
Amalga oşirilgan loyihalarning har ikki tomonga foydali bölganligini eslatgan holdda Vakolatxona Rahbari, “Turk tomoni Ota yurtida xizmat qiliş baxtiga muyassar bölganidan juda mamnun, şuningdek, xalqaro miqyosda bu sohadagi öz tajribalarini orttirib borayotgan bölsa, Özbekiston tomoni, bu mamlakat mustaqilligini birinçi bölib tan olgan Turkiyaning tajribalaridan foydalanmoqda” dedi.







