Kuni-keça Rimda yubiley 60-sammitini ötkazgan Yevropa Ittifoqi xususidagi xabarlarga közingiz tuşgan. Keling, jahondagi eng nufuzli hamjamiyatlardan biri bölgan uşbu ittifoq haqida ayrim fakt va raqamlar bilan tanişamiz.

 

1951: ILK QADAMLAR

Zamonaviy Yevropa ittifoqini tuziş borasidagi ilk qadamlar 1951 yilda taşlangan: Belgiya, GFR, Niderlandiya, Lyuksemburg, Fransiya va Italiya pölat va kömir işlab çiqariş böyiça Yevropa resurslarini birlaştirişni maqsad qilgan "Yevropaning kömir va pölat birlaşmasi" (ECSC — European Coal and Steel Community) ga asos solişadi. Uşbu şartnoma 1952 yilda kuçga kiradi.

 

1957: RIM ŞARTNOMASI

1957 yil 25 martda imzolangan Rim şartnomasi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga tamal toşini qöygan hujjat sanaladi. Italiya, GFR, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan imzolangan şartnomaga köra, insonlar, tovarlar, xizmatlar va kapitallarning erkin harakatlanişi yölidan barça tösiqlar olib taşlangan.

Bundan taşqari, şu kuni yana bir Rim şartnomasi imzolangan, unga köra atom energiyasi böyiça Yevropa hamjamiyatiga ham asos solingan.

 

1992: MAASTRIXT ŞARTNOMASI

1992 yilning 7 fevralida imzolangan Maastrixt şartnomasi (rasman "Yevropa ittifoqi haqida şartnoma") — Niderlandiyaning şu nomli şahrida imzolanadi va Yevropa ittifoqining boşlanişini belgilab beradi. Şartnoma Yevropa mamlakatlarining pul va siyosiy tizimini tartibga soliş jarayonini tugatib bergan.

Yevropa ittifoqining pul-kredit siyosatiga mas'ul qilib Yevropa markaziy banki (YeMB) va YeIga a'zo davlatlar milliy markaziy banklari tarkibidagi Yevropa markaziy banklari tizimi (YeMBT) belgilangan.

Maastrixt şartnomasini imzolagan davlatlar Yevropa valyuta ittifoqiga a'zo böliş uçun Maastrixt tamoyillari deb ataluvçi quyidagi beş tamoyilga mos keliş zaruriyatini ma'qullaşdi:

1. Davlat byudjyeti kamomadi YaIMning 3 foizidan oşmasligi;

2. Davlat qarzi YaIMning 60 foizidan kam bölişi;