Jamiyat | 13:17 / 20.04.2017
4564
2 daqiqa o‘qiladi

Tatariston federal darajadagi islomiy telekanalni tashkil qilishni rejalashtirmoqda

Tataristonda Rossiyadagi federal darajadagi ilk islomiy telekanalni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda respublika muftisi Komil Samigullin ma'lum qilgan.

"Butunrossiya musulmon telekanali yo‘qligi – dolzarb muammodir. Tataristonda shunday medialoyiha ish boshlashi kerak: u Rossiya musulmon xalqlarining ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlari va milliy madaniyatlarini ommalashtirishga xizmat qiladi", — deya mufti so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tatariston Musulmonlari diniy boshqarmasining rasmiy sayti. 

Islom arboblari federal telekanallarda Islom diniga doir dasturlarni ko‘paytirish zarurligi xususida bir necha bora taklif bildirishgan. 13 yil mobaynida "Rossiya-1" telekanalida "Musulmonlar" nomli dastur efirga uzatildi. Ayni vaqtda ushbu yopilgan dasturni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilinmoqda. 

Shuningdek, Samigullin OAV uchun diniy-etnik mazmundagi xabarlari yoritish bo‘yicha standart ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lishini aytgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid