AQŞ mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boşqarmasi Boeinğni yangi gipertovuşli kosmik qurilma işlab çiqiş uçun tanladi. Uning nomi Phantom Express (XS-1) böladi.
Qurilmaning vazifasi – sun'iy yöldoşni suborbital balandliklarga olib çiqiş, söng oddiy samolyot kabi gorizontal holda qönişdir.
Kosmik samolyot nima uçun kerak?
Işlab çiqaruvçilar ğoyasiga köra, uçuvçisiz kema suborbital balandliklarga yetganidan söng kiçik raketani uçiradi, u sun'iy yöldoşni koinotga yetkazadi, asosiy qurilma esa Yerga qaytadi va uçiş-qöniş yölagida qönadi. Mudofaa vazirligi XS-1 loyihasi yordamida sun'iy yöldoşlarni yer yaqinidagi orbitaga atigi bir neça kun tayyorgarlik orqali çiqarişni maqsad qilgan. Avval buning uçun bir neça oy vaqt talab etilgan. Taxminlarga köra, kosmik samolyot bir neça soat içida qayta parvozga tayyor böladi.
«XS-1 an'anaviy samolyot, yoki oddiy raketa taşuvçi bölmaydi, ularning birlaşgan nusxasiga aylanadi. Loyiha parvozga ketadigan xarajatlarni ön martaga kamaytiriş va uçiriş vaqtini tezlaştiriş maqsadida işlab çiqilmoqda», - deydi AQŞ mudofaa vazirligidan bölgan dastur koordinatori Jyess Sponabl.
Texnik xususiyatlar
XS-1 özining içki dvigatellari hamda kriogen propellentlar (suyuq kislorod va suyuq vodorod)dan foydalangan holda tik holda parvoz qiladi. Phantom Express gipertovuş tezliklarida uçişi va 1300 kilogrammlik foydali yuklamani olib ketişi mumkin.
Qurilma Aerojet Rocketdyne AR-22 (şattldan) modifikatsiyalangan dvigatellari, raketa dvigatellari uçun kompozitsion materiallar, parvozni boşqariş uçun avtonom texnologiyalar va gibridli kompozit-metall korpusiga ega böladi – u gipertovuşli parvoz va Tselsiy böyiça 1100 daraja haroratga çidamli böladi.
Işlab çiqaruvçilarning taxminiga köra, XS-1 parvozi uçun kamida 5 million dollar sarflanadi, şuning uçun, texnologiyadan tijoriy maqsadda foydalaniş ham nazarda tutilgan. Mudofaa mahkamasi Boeing bilan uçar qurilma sinovlarini 2020 yildan boşlaşga umid qilmoqda, deya yozadi Popular Mechanics jurnali.












