AQŞ Harbiy-havo kuçlari Boeing kompaniyasi bilan 15 ta KC-46 Pegasus yonilği quyuvçi samolyotini işlab çiqariş böyiça 2,4 milliard dollarlik şartnoma imzoladi, deb xabar beradi Defence News.

Samolyotlar 2028 yil iyun oxiriga tayyor bölişi kerak. Avvalroq mamlakat Harbiy-havo kuçlari (HHK) ixtiyoriga 89 ta KC-46 Pegasus topşirilgan edi va HHK jami bu turdagi modellardan 179 ta xarid qilişni rejalaştirgan.

Ta’kidlanişiça, uşbu samolyot eskirgan yonilği quyuvçi samolyotlarini tarkibdan çiqarayotgan va imkoniyatlarini modernizatsiya qilayotgan Harbiy-havo kuçlari uçun muhim rol öynaydi. Oktyabr oyida yangi KC-46 Pegasus birinçi marta HHKning tezkor tadbirlarida ilk bor iştirok etgan.

AQŞ Harbiy-havo kuçlari 2030 yillarda duşman qurilmalari payqaşiga yöq qöymaydigan texnologiya bilan jihozlangan yangi avlod yonilği quyuvçi samolyotlarini olişni rejalaştirgan — u jang ketayotgan xavfli havo makonida ham faoliyat yurita oladi. Mazkur loyihadan taşqari oltinçi avlod qiruvçi samolyotlari va dronlarini ham xarid qiliş rejasi bor.

Ma’lum qilinişiça, Boeing kompaniyasi, şuningdek, Harbiy-dengiz kuçlaridan 1,7 milliard dollarlik yana bir şartnomani olgan — yettita P-8A Poseidon patrul samolyotlari. Uşbu samolyotlar, AQŞ, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Norvegiya, Yangi Zelandiya qurollanişida mavjud bölib, Janubiy Koreya, Germaniya va Kanada ham undan buyurtma qilgan. Umumiy hisobda dunyoda P-8A Poseidon’ning 170 ga yaqini faoliyat yuritadi.