Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat-xususiy sherikligi 16 ta sohada amalga oshiriladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Loyihaga ko‘ra, davlat-xususiy sherikligi — bu investitsiya, innovatsiya, infratuzilma va boshqa loyihalar hamda muhim bo‘lgan davlat, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy ahamiyatga ega dasturlarni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar majmui.
Bunda davlat boshqaruvi, hududiy hukumat organlari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatlangan boshqa davlat tashkilotlari davlat sherigi bo‘la oladi.
Xususiy sherik – bu O‘zbekistondagi yuridik yoki jismoniy shaxs, xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs, davlat-xususiy sherikligini tuzgan yoki tuzish istagida bo‘lgan xalqaro tashkilot. Ular faoliyatining asosiy maqsadi foyda olishdir.
Davlat-xususiy sherikligi quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:
• fan, texnika va innovatsiyalar,
• tibbiyot;
• ta'lim, madaniyat va ijtimoiy xizmatlar;
• telekommunikatsiya;
• transport xizmatlari;
• yo‘l sektori;
• uy-joy va kommunal xizmatlar;
• qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
• yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati;
• energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari;
• mexanik muhandislik;
• metallurgiya;
• qishloq va suv xo‘jaligi;
• tabiatni muhofaza qilish.
Hamkorlik asosan loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurilish, tiklash, ilmiy tadqiqotlar, xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya va ishonchli boshqaruvni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Ma'lum bir loyiha doirasida sheriklar birga xizmat qilishining asosiy shartlari shartnomada belgilanadi. Uni tuzish uchun esa tender o‘tkaziladi.
Xususiy sherikka uning loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatlari va davlat iqtisodiy ko‘magi taqdim etiladi. Bu quyidagi jadvalda aks ettirilgan:

Loyiha muhokama bosqichida bo‘lib, o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026